7 sentabr kuni Kun.uz saytida Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimligida davlat xizmatçilari bölgan uç kişi noma'lum şaxs tomonidan piçoqlangani töğrisida xabar berilgandi. Samarqand viloyat Içki işlar boşqarmasi uşbu hodisa yuzasidan rasmiy ma'lumot taqdim etdi.
«Töplangan hujjatlarga köra, 2019 yil 6 sentabr kuni soat 18:00larda Oqdaryo tumanida A.B. spirtli içimlik iste'mol qilib, mast holatda tuman «Agrobank» binosiga kelib, heç bir sababsiz janjal çiqarib, yonida bölgan yiğma piçoq bilan bank xodimlari N.Ş., U.H. va Qişloq xöjaligi bölimi xodimi R.J.ni urib, tan jarohati yetkazgan vaqtda binoda xizmat olib borayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan uşlanib, undan bir dona yiğma piçoq daliliy aşyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan 6 sentabr kuni Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan A.B.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan», deyiladi xabarda.
6 sentabr kuni hodisa oqibatida tan jarohati olgan uç kişiga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
7 sentabr kuni kuni A.B. JKning 104-moddasi 1-qismi («Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş») bilan gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, şu kuni JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.












