Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yiğilişida «Samarqand viloyatining Samarqand tumanini tugatiş, Oqdaryo, Pastdarğom, Toyloq tumanlari va Samarqand şahri çegaralarini özgartiriş töğrisida»gi Qonunçilik palatasi qarori deputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Qayd qilinişiça, Samarqandni «Millionlik şahar»ga aylantiriş, zamonaviy arxitektura yeçimlariga ega turar-joy va noturar binolarni quriş, aholining uy-joylarga bölgan talabini töla qondiriş, hududlarni infratuzilma bilan ta’minlaş orqali aholiga munosib yaşaş şaroitini yaratiş maqsadida Samarqand tumani alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatiladi.
«Çegaralar özgartirilişi hisobiga Samarqand şahri hududi 11,8 ming gektardan 28,9 ming gektargaça kengayib, yangi investitsiya va quriliş loyihalari uçun keng imkoniyatlar yaratilayotgani e’tiborga molik. Ya’ni yangi turistik loyihalar, öyin maydonlari, akvapark, havo şarlari, istirohat boğlari kabi köngiloçar turizm va dam oliş maskanlari taşkil etiladi, yangi yaşil hududlar va xizmat körsatiş obektlari va logistika markazlari quriladi», dedi fraksiya a’zosi Diyor Husanov.
Samarqand şahrini «millionlik şahar»ga aylantiriş haqida 2021 yildan beri gapirilmoqda. Dastlab buni şu vaqtdagi hokim Erkinjon Turdimov aytgan edi.
Şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyev 2025 yil noyabr oyida Samarqand viloyatiga taşrifi davomida keng kölamli ma’muriy-hududiy birlik özgarişlari haqida e’lon qildi. Jumladan, Oqdaryo, Payariq, Pastdarğom, Toyloq va Samarqand tumanidagi 17,5 ming gektar hudud Samarqand şahriga qöşib berilişini, buning hisobiga Samarqand şahri aholisi 604 mingdan 882 mingga yetişini aytgan edi.













