Samarqand viloyatining Samarqand şahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari çegaralari özgartiriladi. Qonunçilik palatasi tegişli qarorni qabul qildi.

Palata xabarida aytilişiça, Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand şahri tarkibiga ötkazilmoqda.

Mazkur tuman va şahar çegaralarining özgarişi bilan “Şirin” zamonaviy işbilarmonlik markazi taşkil etilib, uşbu hududda 254 ta köp qavatli uy-joy, 19 ta işbilarmonlik va biznes markazi, 50 ta ijtimoiy soha obekti, 89 ta köngiloçar va savdo kompleksi hamda tarixiy şaharça barpo etiladi.

Hududda 112 km içki yöl, piyodalar va velosiped yölaklari, 6 km yer usti metro yöli, 2 ta katta köprik hamda 7,2 km içki kommunikatsiya uçun tunnel, 180 km irrigatsiya quvuri hamda 14 km kanal va köplab suğoriş inşootlari quriladi.

Eslatib ötamiz, Samarqand şahrida “Şirin” zamonaviy işbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etiş töğrisida 2023 yil iyulida prezident qarori qabul qilingan edi. Qarorda, şaharça 2023-2030 yillarda 665 gektar maydonda qurilişi, davlat banklari loyihaga 100 mln dollar ekvivalentida kredit ajratişi közda tutilgan.