13 iyul kuni yoşlar işlari agentligi mahalladagi yoşlar yetakçilari iş faoliyatini baholaş elektron reyting tizimini yaratiş va bir yillik texnik qöllab-quvvatlaş xizmatini körsatiş böyiça qiymati 753,48 mln sömlik tender ötkazgan. “United IT Company” MÇJ, “Energy Consult” MÇJ va “Entertainment” MÇJlar iştirok etgan tenderda “United IT company” ğolib deb topilgan.
Motivatsion treninglarga – 1,7 mlrd söm
Agentlik ötkazgan yana bir e’tiborga molik tender yoşlarni tadbirkorlikka keng jalb qiliş maqsadida taniqli tadbirkorlar iştirokida motivatsion treninglar taşkil etiş xizmatini körsatişga oid. Loyiha qiymati 1 mlrd 702 mln sömni taşkil qiladi. Uşbu lot böyiça 2023 yil 14 iyunda ötkazilgan tenderda “Yoşlar kelajagimiz jamğarmasi” ğolib bölgan.
Agentlik va “Yoşlar kelajagimiz jamğarmasi” örtasida tuzilgan şartnomaga köra, jamğarma grafik asosida 17 iyundan 28 avgustga qadar respublika hududlarida motivatsion treninglar taşkil qilib berişi kerak.
1,7 mlrd söm mablağning 192 mln sömi spikerlar va taşkiliy işçi guruh uçun mehmonxona, yöl, ovqatlaniş va xizmat safari bilan boğliq xarajatlarga sarflanişi közda tutilgan.
Bundan taşqari, motivatsion treninglarni taşkil etiş xarajatlari – 725 mn söm; treninglarda faol iştirok etgan yoşlarni rağbatlantirişga 600 mln söm, trening reklamasi, maşhur blogerlarga reklama beriş, tarğibot, anons videoroliklar tayyorlaş, treninglarni töliq tasvirga oliş uçun 185 mln söm sarflanadi.
Har biri 16 mln sömga teng videoroliklar
Agentlik tomonidan ötkazilgan yana bir tender yoşlarga moliyaviy savodxonlik, kasb-hunar va tadbirkorlik könikmalarini örgatişga qaratilgan videomateriallarni tayyorlaş xizmati körsatişga oid. Tender qiymati – 1 mlrd 696 mln söm.
Tender e’lonida keltirilişiça, davomiyligi 2 daqiqadan kam bölmagan yoşlarga moliyaviy savodxonlikni örgatişga qaratilgan videomateriallarni tayyorlaş uçun 150 mln söm ajratilgan (jami 50ta video). Bunda har bir videoning örtaça narxi 3 mln sömga teng.












