2023 yilning 27 aprel kuni Yoşlar işlari agentligi xorijiy tillarni örgatuvçi “Ibrat farzandlari” loyihasiga videoroliklar tayyorlaş va xorijiy tillar marofonini ötkaziş uçun tender e’lon qilgan.
Tender natijasi 28 aprelda ma’lum qilingan. Boşlanğiç narx 1 mlrd 580 million söm deb körsatilgan savdoda 1 mlrd söm 530 mln söm narx taklif qilgan “Language-Media” MÇJ ğolib deb topildi.
Bu korxona 2023 yil 18 yanvarda taşkil etilgan. Ustav kapitali – 1 mln söm. MÇJning rahbari va yagona ta’sisçisi – Sanjar Muhiddinov.
Sanjar Muhiddinov, bir paytning özida, 2022 yil noyabrda taşkil qilingan va Yoşlar işlari agentligi tomonidan qöllab-quvvatlanadigan “Ibrat farzandlari” loyihasi rahbari örinbosari hamdir. Ya’ni “Ibrat farzandlari” loyihasi uçun e’lon qilingan tenderda aynan şu loyiha rahbarining örinbosari ğolib bölgan.
Tenderda yutgan, 1 mln söm ustav kapitaliga ega yoşgina kompaniyaning videorolik işlaş böyiça tajribasi bor-yöqligi haqida internetda ma’lumot uçramaydi. Nega unda bu MÇJ tenderda yutib ketdi, tanlovda boşqalar iştirok etmaganmi?
Aynan şu savol sal oldinroq Telegram'dagi Ğazna kanalida ham kötarilgandi. Unga javoban agentlik matbuot xizmati tanlov oçiq va qonuniy tarzda ötkazilganini ma’lum qilgandi.
Agentlikka köra, “Ibrat farzandlari” loyihasi 15 nafar malakali ustozlar va köngillilar loyihasi bölib, uning doirasida yoşlarning xorijiy tillarni bepul va oson örganişi uçun 10 dan ortiq xorijiy til böyiça jami 900 dan ortiq videorolik yaratilgan. Agentlik esa loyihaning tarğibotiga hissa qöşgan va taşkiliy işlarda yordam körsatib kelmoqda.
“Loyiha Yoşlar işlari agentligi tomonidan qöllab-quvvatlandi va tarğib qilinişi ortidan yoşlarning qiziqişiga sabab böldi. Lekin, har bir loyihaning rivojlanişi va yana millionlab yoşlarga bepul til örgatişda davom etişi uçun oçiq tanlov e’lon qilindi.
Tanlov oçiq asosda ötkazilgan bölib, unda 3 ta mustaqil va bir-biridan farqli MÇJlar qatnaşgan va e’lon qilingan talablar asosida tanlab olingan. Tanlov iştirokçilari barça kerakli hujjatlarni topşirdilar va körsatilgan barça talablar böyiça loyiq deb topilgan taşkilot tanlov ğolibiga aylandi”,



















