«Özagroeksport» biznes hamda oddiy xalq manfaatlari va talablarini inobatga oladimi?
|22:57 / 04.05.201820 9157 min
Ilgari xabar berganimizdek, Özbekistonda meva va sabzavotlar eksportiga oid muammolar kuzatilmoqda. Muxbirlarimiz Farğona viloyatidan tayyorlagan öz reportajida buni isbotlaşgan edi.
Kompaniya haqida
Kompaniya ma'lumotlariga köra, «Özagroeksport» aksiyadorlik jamiyati (AJ) yangi va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiliş böyiça taşqi savdo kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya prezidentning 2016 yil 7 apreldagi №2515 sonli qaroriga köra taşkil qilingan bölib, «Özbekoziqovqatsanoatxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi.
Kompaniya yangi va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini xorijiy hamkorlar bilan töğridan-töğri eksport şartnomalari, şuningdek fermer va dehqon xöjaliklari, agrofirmalar va qayta işlovçi korxonalar bilan tuzilgan komissiya şartnomalari asosida eksportga yetkazib beriş bilan şuğullanadi.
«Özagroeksport» AJning asosiy faoliyati Özbekistonning raqobatbardoş meva-sabzavot mahsulotlarini taşqi bozorlarga yetkazib beriş hajmlari va assortimentni, şuningdek eksport geografiyasini oşirişga yönaltirilgan.
Narx belgilaş
Negadir bozor munosabatlari va biznes emas, aynan mana şu kompaniya meva va sabzavotlarga narx belgilab beradi, degan qarorga kelişgan.
2016 yilning iyunida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan.
Qarorda şunday yoziladi:
Eksport şartnomalari talab va taklif asosida şakllantiriluvçi bozor narxlari asosida, jahon bozorlaridagi narx kon'yunkturasidan kelib çiqib, Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi, doimiy faoliyat körsatuvçi meva-sabzavot maydonçasidagi yarmarka savdolari yakuniga köra kelişiladigan örtaça tortilgan narxlarni hisobga olib tuziladi.
Mavzuga oid
«Özagroeksport» AJ öz rasmiy veb-sahifasida va ommaviy axborot vositalarida meva-sabzavot mahsulotlariga eksport narxlari haqidagi ma'lumotni har hafta e'lon qiladi.
Bu holda eksport şartnomalari şartnoma tuzilgan kundan «Özagroeksport» AJ tomonidan e'lon qilingan narxlardan past bölmagan narxlarda tuziladi.
Narxlar quyidagi katalogda körsatilgan:
Pastroqda meva va sabzavotlarga narxlar körsatib ötilgan. Yuqorida qayd etilganidek, belgilangan narxdan pastroqqa sotiş mumkin emas.
Mana, sizga oddiy misol:
Endi tasavvur qilaylikki, siz işbilarmonsiz. Farğona vodiysida istiqomat qilasiz va köplab tanişlaringiz qişloq xöjaligida mehnat qilişadi va tarvuz yetiştirişadi.
Qozoğistonda esa sizning hamkorlaringiz bor va ular sizdan 2 ming tonna tarvuz xarid qilişmoqçi.
1-muammo
Siz qozoğistonlik hamkorlaringiz bilan «Özagroeksport»ning jadvalidagi narxdan kam bölmagan narxda kelişib olişingiz kerak, ya'ni tarvuzning bir tonnasiga kamida 600 AQŞ dollari talab (!) qilişingiz lozim. Tabiiyki, hamkorlaringiz sizga bu narx qimmat ekanligini aytişadi va tonnasiga 550 dollar taklif qilişadi.
2-muammo
Qanday qilib sotiş mumkin? Siz hamma narsani hisob-kitob qildingiz, hattoki iqtisodçi döstingizdan ham yordam söradingiz. Agar tarvuzning tonnasini 550 AQŞ dollaridan sotsangiz ham bu sizni qoniqtiradi. Çunki sizga uning har tonnasi 520 dollardan tuşgan va har bir tonnadan 30 dollar foyda qilasiz.
3-muammo
Hammasi yaxşi, lekin endi nima qiliş kerak? Mijozlar bor, ular 100 foiz oldindan tölov qilişga tayyor, tarvuzlar ham jönatilişga şay, dehqonlarga ham tarvuz haqi berib bölingan, lekin körib turibsizki, «Özagroeksport»ning narx siyosati işning paçavasini çiqarmoqda.
Natija
Siz qozoğistonlik hamkorlaringizga tarvuzning tonnasini 550 dollardan ötkaza olmaysiz, çunki «Özgaroeksport» tarvuzning tonnasini 600 dollardan kamga sotiş mumkin emas, deb hisoblaydi.
Axir bu iqtisodiy qotillik emasmi? Bu haqda Jon Perkins yozgan. Holbuki u bir mamlakat ikkinçisi bilan iqtisodiy kuraş olib borayotganini yozgan, öz xalqiga qarşi emas.
Navbatdagi muammo
2017 yilning dekabrida Rossiya Federatsiya kengaşining agrar – oziq-ovqat siyosati böyiça qömitasi raisining birinçi örinbosari Sergey Lisovskiy Özbekiston alohida savdo tarmoqlariga preferensiyalar berib, Rossiya meva-sabzavot bozorining 60 foizidan özini mahrum etayotganini ta'kidlagan edi.
2016 yilning avgustida Özbekiston hukumati Rossiyaning olti riteyleriga oldindan tölovni qabul qilmasdan, tasdiqlangan bank akkreditivini oçiş yoxud birinçi toifadagi xorijiy bank kafolati rasmiylaştirilgan holda meva-sabzavot mahsulotlarini «Özagroeksport» maxsus taşqi savdo kompaniyasi eksport qilişi mumkin bölgan röyxatini tasdiqladi. Röyxatga «Tander» AJ («Magnit» çakana savdo tarmoği), X5 Retail Group, «Xolidey» KG, şuningdek, «Mariya-Ra», «Monetka» va «Çelny-xleb» dökonlar tarmoği kiritilgan.
«Özbekiston Rossiya Federatsiyasidagi bozorining 60 foizini yöqotmoqda, çunki ularda savdo tarmoqlari böyiça ustuvorlik bor. Bu Özbekistonning strategik xatosi, juda muhim xaridorlarni ajratib taşlaş hisoblanadi», — degan edi Lisovskiy Rossiya-Özbekiston iqtisodiy hamkorligiga bağişlab Toşkentda ötkazilgan aylana stol atrofida.
Foto: Tengrinews
Uning sözlariga köra, Özbekistonning meva-sabzavot mahsulotlari «biznes-plyus» toifasiga kiradi va ulgurdi, kiçik va örta dökonlar, bozor tuzilmalari uçun öta talabgir.
Rossiyalik senatorning hisoblaşiça, Rossiyadagi meva va sabzavot xaridorlari uçun teng şaroitlar yaratilişi kerak.
Oddiy xalq uçun eng katta muammo
Bizning eksportçilarimiz «Özagroeksport» tomonidan belgilab berilgan narxlarda meva va sabzavotlarni xarid qila boşlaşsa, albatta bozorlarimizda ularning narxi kötarilib ketadi.
Dehqonga qay biri foyda: gilosning kilosini sizga 4-5 mingga sotişmi yoki eksportçiga 8-10 mingga pullaş?
«Özagroeksport»dagilar oddiy xalqni butunlay unutib qöyişganga öxşayapti.
Bu holatda şunday şubha-gumonlar paydo bölmoqdaki, kimdir aksiyadorlik jamiyati vaji ostida meva va sabzavot eksporti tizimini butunlay monopoliyalaştirib olmoqçi.
Lekin, ularning qölidan heç narsa kelmaydi. Hammaga oson bölişi va heç kim şikoyat qilmasligi uçun sizlar özlaringizga normal moliyaçi, iqtisodçi va yurist topib olinglar. Narxlar, şartlar mana şunday, qabilida iş tutiş uçun.
Butun jahon körinmas «iqtisodiy uruş»da kuraşmoqda, barça öz milliy manfaatlarini himoya qilişga intilgan, bizning «iqtisodiy qotillarimiz» esa mamlakatni jarlik tomon sudramoqda. Heç bir mantiqqa töğri kelmaydi, şunday emasmi?
Sohada hamma yoqni bötqa qilib yuborişgan. Bundan çiqişning birgina yöli bor. Hammasini öz joyiga qaytariş kerak. Biznesmenlar özlari kelişib, öz muammolarini özlari hal qilib, eksport qilaverişadi.
Şunçaki ularni öz holiga qöyib qöyiş kerak!
Uluğbek Akbarov,
Kun.uz mustaqil eksperti.
Tahririyatdan: Biz bu borada «Özagroeksport» AJ raisi bilan tez orada suhbat qiliş istagidamiz va ulardan intervyuga rozilik berib, vaqt ajratişlarini söraymiz. Respublikamiz viloyatlari va tumanlarida mana şunday muammolarga duç kelayotgan dehqon xöjaliklari, fermerlar, agrofirma rahbarlari va tadbirkorlarni tahririyatimizga murojaat etişlarini sörab qolamiz.