Xalqaro oğir atletika federatsiyasi – IWF xabariga köra, özbekistonlik oğir atletikaçi, jahon çempionati sovrindori Rustam Jangaboyevning doping namunasi ösiş gormoni (hGH) böyiça salbiy tahlil natijalarini bergan.
11 aprel kuni IWF saytida joylaştirilgan xabarda aytilişiça, Jangaboyev antidoping qoidalarini buzgani uçun sportdan vaqtinça çetlatildi.
Qayd etilişiça, agar sportçi antidoping qoidalarini buzmagani aniqlansa, unda bu haqdagi tegişli qaror ham e'lon qilinadi.
IWF iş yuzasidan suriştiruv jarayoni yakunlanguniga qadar qöşimça ma'lumot bermasligi aytiladi.
Ma'lumot uçun: Rustam Jangaboyev 1993 yil 25 avgust kuni tuğilgan, musobaqalarda 105 kilogrammdan yuqori vazn toifasida qatnaşadi. 2018 yilgi jahon çempionati sovrindori, 2017 yil Aşxabodda ötkazilgan Osiyo öyinlari çempioni, Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiya öyinlari iştirokçisi.












