Toshkent tumanida «dom» qurish maqsadida qazilayotgan kotlovan sabab qo‘shni hovlining bir qismi qulab tushdi
Uy ichida bo‘lgan mulk egalarining sog‘ligi yomonlashib qolgani, qutqaruvchilar qo‘shni hovli orqali kirib, ularni olib chiqqani aytilmoqda. Hududda “Toshkent mega stroy” MChJ tomonidan ko‘p qavatli uy qurilayotgan bo‘lgan.

Foto: Kun.uz
Toshkent viloyatining Toshkent tumanida kotlovan qazish jarayonida qurilish obektiga tutash uyning darvozaxona qismi qulab tushdi. Holat 8 oktyabr kuni tumanning Bahor mahallasida sodir bo‘lgan.
Kun.uz jurnalisti uy egasining o‘g‘li bilan bog‘lanib, voqea tafsilotlarini so‘radi. Uning ma’lum qilishicha, holat sodir bo‘lganida onasi va otasi uyda bo‘lgan.
“O‘zim ko‘chada edim. Telefon bo‘lgach zudlik bilan yetib bordim. Qarasam, uyning bir qismi qulab tushibdi. Onam va otamning mazasi bo‘lmay qoldi. Darhol tez tibbiy yordam va qutqaruvchilarga murojaat qildim.
Qutqaruvchilar qo‘shnimizning devorini buzib, uydan onam va otamni olib chiqishdi. Onamning sog‘ligi yomonlashib qolgan ekan, shifoxonaga olib ketishdi. Tibbiy yordam ko‘rsatilib, holatlari yaxshilangach qaytarib olib keldik.
Otam bungacha bir necha bor quruvchilarni kotlovanni yaqin qazmaslik bo‘yicha ogohlantirgan ekan. Ammo hech narsa bo‘lmaydi, deya bilganini qilishgan”, deydi mulk egasining farzandi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu qurilish ishlari noqonuniy tartibda amalga oshirilayotgan bo‘lishi mumkin. Negaki, mahalla aholisining aksariyat qismi qarshi bo‘lishiga qaramay “Toshkent mega stroy” MChJ tomonidan qurilish ishlari boshlangan. Tegishli mas’ullarga qilingan murojaatlardan esa natija bo‘lmagan.
Avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanida kotlovan sabab yo‘lning bir qismi qulab tushgandi.
Tavsiya etamiz
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron yadroviy kelishuvni qayta tiklashdan bosh tortdi
Jahon | 17:35
-
Janubiy Koreyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi
Jahon | 17:32
-
O‘ttiz yil oldin Yaponiyadagi sekta Tokio metrosida zarin gazi ishlatib, terakt uyushtirgandi - fotosuratlar
Jahon | 17:24
-
Apple va Stiv Jobsga bag‘ishlangan kimoshdi savdolari bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:09
Mavzuga oid

18:31 / 20.03.2025
Toshkentda zarang daraxtlari sirli ravishda yo‘q qilindi

15:49 / 19.03.2025
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi

12:30 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti

08:46 / 10.03.2025