Dzyudo böyiça Toşkent-2019 Gran-pri turnirining 21 sentabr ikkinçi kungi bellaşuvlar yakunlanmoqda.

Erkaklar örtasida -73 kg vaznda ğolib va sovrindorlar aniqlandi. Final özbekistonlik Hikmatullo Törayev va Behrözi Xöjazoda örtasida keçdi. Oçkolar hisobida ortda borayotgan Hikmatullo sönggi soniyada hisobni tenglaştirdi va musobaqa qoidasiga köra belgilangan “Golden score” qöşimça daqiqalarda ğalabani ilib ketdi.

Bronza medallari uçun ukrainalik A.Homula turkiyalik B.Çilöğliga qarşi, kubalik M.Estrada şvetsiyalik T.Makiasga qarşi tatamiga tuşdi. Uşbu bahslarda B.Çilöğli va M.Estrada ğolib böldi.

Şuningdek, ayollar örtasidagi -63 kg vaznli dzyudoçilar bahslarida avstriyalik K.Untervurzaker finalda vengriyalik A.Barriosdan ustun keldi. Uçinçi örinlar britaniyalik L.Renşal va I.Şemeşga nasib etdi.