Sönggi oylarda ijtimoiy tarmoqlarda «Özbekkonsert» davlat muassasasi faoliyatini tugatiş haqida turli çaqiriqlar yuzaga kelib, internet foydalanuvçilari örtasida keng muhokama qilinmoqda.
Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev OAV vakillari bilan bölib ötgan oçiq muloqotda uşbu mavzudagi bahslarga öz munosabatini bildirdi.
«Haqiqatan taşkilot tarmoqlarda juda şov-şuvlarga sabab böldi. Agar biz kimningdir gapiga kirib, «Özbekkonsert» davlat taşkilotini yopadigan bölsak, köp narsada yutqazamiz. Yopiş oson, taşkil qiliş qiyin. Biz hozir hukumatga «Özbekkonsert» faoliyatini takomillaştiriş töğrisida taklif kiritganmiz. Oçiq aytaman, bu taşkilotni yopiş töğrisida emas.
Ayni paytda estrada xonandalari içida biror korxonada muqim işlaydigani yöq. Ularning hammasi tadbirkor. Tadbirkor faoliyatini töxtatib bölmaydi. Ularni boşqarib, boş bölib turadigan bu «Özbekkonsert». Uşbu muassasa faoliyatini qayta körib çiqamiz.
Bitta narsani tuşunib olinglar, hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari. «Özbekkonsert»ning litsenziyani qaytarib olişga haqi yöq. Bu tadbirkorlik faoliyati. Lisenziyani 10 kunga töxtatadi hamda şu 10 kun içida «Özbekkonsert» öşa tadbirkorni sudga beradi. Lisenziyani töxtatiş yoki bekor qiliş sud vakolatiga kiradi», deya Madaniyat vazirining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Özbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovning ta'kidlaşiça, xalq bilan bevosita işlaydigan ayrim soha vakillariga litsenziya kerak.
«Hammamizga ma'lumki, respublikamizdagi islohotlarning aksari jamoatçilik fikriga asosan bajarilyapti. Lisenziyani oliş va qaytarib beriş masalasi ham jamoatçilik fikridan kelib çiqib, amalga oşirildi. Ya'ni, Jahongir Otajonovning litsenziya masalasi böyiça jamoatçilik tomonidan tok-şoular, körsatuvlar qilindi. Bu yurtimizdagi söz erkinligi va olib borilayotgan islohotlarning bir natijasi, deb öylayman.
San'atkorlarga litsenziya kerak yoki kerak emasligini hal qiliş mening vakolat doiramga kirmaydi. Vazifam bugungi kunda mavjud qonunçilik asosida faoliyat olib boriş. Şaxsiy fikrimni bildirmoqçi bölsam, xalq bilan bevosita işlaydigan ayrim soha vakillariga litsenziya kerak. Masalan, televideniye, saytlar faoliyati ham litsenziyalangan-ku?», deydi Odil Abduqahhorov.
«Özbekkonsert» rasmiysining qöşimça qilişiça, mazkur taşkilotga davlat budjetidan mablağ ajratilmaydi. Ularning moliyaviy manbasi xonandalar tomonidan litsenziyaga beriladigan mablağlar hisoblanadi. Lisenziya uçun qilingan tölovlar Madaniyat vazirligi qoşidagi madaniyat va san'atni rivojlantiriş fondiga tuşadi.












