Al-Xorazmiy nomidagi maktab direktori örinbosari Dilrabo Davidova ixtisoslaştirilgan maktablarga imtihon jarayonlariga tayyorgarlik haqida ma’lumot berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Yangidan taşkil etilayotgan maktablarga imtihonlar 2 yönalişda bölib ötadi. Bular aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslaştirilgan yönalişlar. Imtihon savollari maktab dasturlari va darsliklaridan çiqmagan holda har bir sinf kesimida bolaning yoşiga moslab xalqaro ekspert va mutaxassislar iştirokida işlab çiqilgan”, – dedi Davidova.
Uning qöşimça qilişiça, savollarda asosiy urğu bolaning u yoki bu fandan bilimini emas, balki şu bilimni qöllay olişi, mulohazasi va mantiğini tekşirişga qaratilgan.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tarkibidagi maktablar qabuliga bağişlangan tadbirda yangi ixtisoslaştirilgan maktablar kvotasi haqida ham ma’lum qilindi.
Agentlik rahbari Hilola Umarovaga köra, har bir sinfda 24 nafar öquvçi öqiydi, lekin har bir maktabda neçta sinf bölişi aniq belgilanmagan. Bu – tumandagi maktabning kvotasi va hududiy joylaşuviga qarab belgilanadi.
Bu yil ixtisoslaştirilgan maktablarning har biriga kamida 336 nafar, köpi bilan 500dan ortiq öquvçi qabul qiliş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktablarga öquvçilar 5- va 7-sinfdan boşlab, imtihon asosida qabul qilinadi. Bunday maktablardagi sinflarda öquvçilar soni 24tadan oşmaydi. Bolalar faqat öz hududidagi ixtisoslaşgan maktabda öqişi mumkin.

















