Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona shahriga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 20 oktabr kuni Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Farg‘ona viloyati hokimi qaroriga asosan, Hamidjon Ismailovich Habibiddinov Farg‘ona shahri hokimi lavozimiga tayinlandi.
Hamidjon Habibiddinov bundan oldin Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan edi. Ungacha esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yuridik shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Ma'lumot o‘rnida: Joriy yilning 15 oktabr kuni Farg‘ona viloyati Shuhrat G‘aniyev rahbarligida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Farg‘ona shahri hokimi Shavkat Shokirovich Erkaboyev lavozimidan ozod etilgan edi. U 2016 yilning 1 dekabridan buyon Farg‘ona shahri hokimi sifatida ishlab kelayotgandi. Erkaboyev faoliyati davomida, shahardagi qurilish va obodonlashtirish ishlarida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, 2018 yilgi paxta mavsumida terim ko‘rsatkichlari past bo‘lgani uchun ishdan olingan. 16 oktabr kuni Farg‘ona shahriga Ravshan Rahimjonov yangi rahbar (v.b) etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
08:00
Farg‘onada onasini o‘ldirgan erkak 18 yilga qamaldi
18:26 / 04.05.2026
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
08:12 / 04.05.2026
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
22:05 / 27.04.2026