15 oktabr kuni Farğona viloyati Şuhrat Ğaniyev rahbarligida viloyat faollari iştirokida ötkazilgan yiğilişda ikki hokim işdan olingan.
«Kun.uz» manbasi xabar berişiça, Farğona şahri hokimi Şavkat Şokiroviç Erkaboyev hamda Farğona tumani hokimi Sodiqjon Qodiroviç Imomaliyev lavozimidan ozod etilgan.
Şavkat Erkaboyev 2016 yilning 1 dekabridan buyon Farğona şahri hokimi sifatida işlab kelayotgandi, undan oldinroq 2012 yildan 2016 yilgaça Marğilon şahrini boşqargan.

Foto: Farğona şahri hokimligi
Sodiqjon Imomaliyev esa köp yillardan buyon Farğona tumani hokimi lavozimida edi.
Manbaning ma'lum qilişiça, Şavkat Erkaboyev şahardagi quriliş işlarida yöl qöygan kamçiliklari hamda 2018 yilgi paxta mavsumidagi sustkaşligi uçun işdan olingan. Sodiqjon Imomaliyevning işdan ketişi ham qişloq xöjaligi işlariga sustkaşlik bilan yondaşgani, xususan, paxta terimiga yetarli miqdorda terimçi jalb eta olmagani tufaylidir.
16 oktabr kuni Farğona şahriga Ravşan Rahimjonov yangi rahbar (v.b) etib tayinlangan. U şu vaqtgaça kommunal xizmat körsatiş sohasida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Farğona tumaniga Ilhom Nosirov hokim vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. U 2017 yilning martidan şu kungaça Farğona viloyati hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

Foto: «Parliament.gov.uz»
Eslatib ötamiz, 14 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov raisligida ötkazilgan selektorda hukumat rahbari viloyat hokimlariga 15 oktabrgaça 10 nafar (tuman va şahar) hokimlarni işdan oliş böyiça taqdimnoma kiritiş haqida topşiriq bergandi.













