Albatta, har qanday jangda askarlar qurbon bölişi tabiiy. Tibbiyot xodimi ham inson, Allohning bir bandasi. Qolaversa, şifokorlar ham şu davlatning oddiy fuqarolari qatorida, bir qaraşda ularning ham kasallikdan vafot etişida ğayritabiiylik yöqdek.

Ammo tanganing ikkinçi tarafi ham bor – bir şifokor bugungi jarayonda örta hisobda 50-60 (ba'zan 100) nafargaça bemorning soğligi uçun kuraşadi. Endi uning safdan çiqişi (yoki Xudo saqlasin, vafot etişi) malakali mutaxassislarga nihoyatda kuçli ehtiyoj bölib turgan bugungi kunda katta yöqotiş böladi va uning örnini töldirişning amalda imkoni bölmay qoladi.

Misollarga e'tibor qarataylik:

1. Samarqand şahri 1-klinik şifoxonasi yetakçi şifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor, kafedra mudiri Ne'matilla Aralov uzluksiz faoliyati davomida şu kasallikka çalingan va 62 yoşida vafot etgan. Bir inson professor darajasiga yetguniça neça yillar kerak, ammo murakkab dard bir neça kundayoq öz işini qildi;

2. Toşkent şahri Çilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri Marhabo Ahmedova ham 62 yoşida COVID-19'dan vafot etdi. Şifokorning ölimi hatto rasman e'lon qilinmagan va umumiy röyxatga qöşilmagan;

3. Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi torakal xirurgiya bölimi boşliği Odiljon Ne'matov 43 yoşida vafot etdi. Ortidan 5 farzandi qolgan umidli va yoş mutaxassis faoliyati davomida juda köplab murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajargan. Ammo aynan öpka kasalligi şifokorning hayotiga nuqta qöydi;

Hozir bunday misollarni köplab keltiriş, har bir viloyatdan topiş mumkin. Ammo masalaning yeçimi marhum şifokorlarning sonini aniqlaşda emas.

Tibbiyot xodimlarining özi tibbiy yordamga muhtoj bölayotganiga oid vaziyat şu qadar jiddiylaşganki, hatto ijtimoiy tarmoqlarda vafot etganlarning röyxatlari