Prezident Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlarining özaro munosabatlarini mustahkamlaş jarayonlarida Özbekistonning tutgan örni haqida söz yuritdi.

«Bizning bugungi anjumanimiz yangi Özbekistonning şakllanişi va rivojlanişi bilan boğliq muhim tarixiy davrda bölib ötmoqda.

Biz jamiyatimizning barça sohalarida tizimli va tub demokratik islohotlarni bosqiçma-bosqiç amalga oşirmoqdamiz.

Bu özgarişlar keng kölamli va ortga qaytmaydigan muqarrar tus oldi. Bu – xalqimizning prinsipial tanlovidir.

Markaziy Osiyo mintaqasida – Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlarini rivojlantiriş böyiça amalga oşirilgan tub özgarişlar Özbekiston taşqi siyosatining asosiy yutuğidir.

Umumiy sa'y-harakatlarimiz natijasida mintaqamizda özaro işonç va bir-birini qöllab-quvvatlaş ruhiga asoslangan mutlaqo yangi muhit şakllandi.

Biz rivojlaniş drayverlari hamda «yangi ösiş nuqtalari»ni birgalikda aniqlaş va muntazam muloqotlar uçun samarali maydon yaratdik. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uçraşuvini avgust oyi boşida Turkmanistonda ötkazişni rejalaştirganmiz.  

Şuni alohida ta'kidlab aytmoqçiman: Özbekiston konstruktiv va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirişga doimo tayyor bölgan işonçli va barqaror, qat'iy pozitsiyaga ega şerikdir», dedi prezident.

Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy va sivilizatsiyaviy muştarakligi, xalqlar va mamlakatlarning umumiy manfaatlari birgalikda farovon kelajakni bunyod etiş uçun mustahkam zamin yaratişi ta'kidlab ötilgan.

«Özaro aloqalarni va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlamasdan turib, bugungi kunda mamlakatlarimiz duç kelayotgan xavf-xatar va tahdidlarni yengib bölmasligini çuqur anglaş vaqti keldi.

Biz farovonlik va taraqqiyotga erişiş yölida birgalikda rivojlaniş istiqbollari böyiça yaxlit yondaşuvlarni işlab çiqişimiz lozim.

Bizning oldimizda Markaziy va Janubiy Osiyo, umuman, butun Yevroosiyo mintaqasini barqaror, iqtisodiy rivojlangan farovon hududga aylantiriş vazifasi turibdi», degan prezident.