«Aqlli shoping»: Koreyadagi eng katta kitob do‘koniga sayohat
Bu yirik kitob do‘koni kutubxona vazifasini ham bajaradi. Bu yerda sotiladigan kitoblarni xarid qilmay turib, istagancha vaqt o‘qishingiz mumkin.
Siz uchun bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazish qiziqroq: so‘nggi urfdagi kiyim-kechaklar butigida katta chegirmali shopingmi? Ko‘ngilochar bog‘da maza qilib sayr qilishmi? Yoki kitob do‘koniga borishmi?
Albatta, ko‘pchilik xuddi men qatori birinchi yoki ikkinchi variantni tanlashi tabiiy. Sababi – bizda zamonaviy kitob do‘konlari kam. Yoshlar orasida ham kitobga qiziqish yuqori, deb ayta olmaymiz.
Janubiy Koreyada kitob do‘konlariga talab bizdagidan farq qiladi. Bu yerda hatto chekka shaharchalarda ham shinam kutubxonalar, kitob do‘konlari bor. Yana minglab kitob chiqaruvchi bosma nashriyotlar ham.
«Aqlli shoping»: Koreyadagi eng katta kitob do‘koniga sayohat«Aqlli shoping»: Koreyadagi eng katta kitob do‘koniga sayohat Bu yirik kitob do‘koni kutubxona vazifasini ham bajaradi. Bu yerda sotiladigan kitoblarni xarid qilmay turib, istagancha vaqt o‘qishingiz mumkin. 👉 https://kun.uz/42589140
Posted by Kun.uz on Sunday, February 23, 2020
Janubiy Koreyaga safarim davomida mamlakatdagi eng yirik kitob do‘konlari tarmog‘i – Kyoboga borishga qaror qildim.
Tarmoqning eng katta va eng mashhur do‘koni Seuldagi Gwanghwamun Plaza ichida joylashgan.
Do‘kon odamlar bilan bunchalik gavjum bo‘lishini, to‘g‘risi, kutmagan edim. Do‘kon haqidagi ilk taassurotimni esa bir so‘z bilan ta'riflay olishim qiyin.
Keng, yorug‘ bino, rang-barang kitoblar to‘plami, yoqimli qahva isi, ajoyib chegirmalar – barcha-barchasi tashrif buyuruvchilarning kitob bilan yaqindan do‘stlashishi uchun yaratilgan qulay sharoitlardir.
Bu yerda hattoki kitob o‘qishni xushlamaydigan kishi ham ikki-uch soatga qolib ketadi.
Kyoboda turli mavzularga oid bo‘linmalar bor. Shu sababli har kim o‘zi istagan janridagi adabiyotni osonlikcha topishi mumkin. Bu yer nafaqat yoshi kattalar, balki jajji bolajonlarning ham sevimli maskani.
Sababi, eng so‘nggi qahramonlar haqidagi qiziqarli asarlarni aynan mana shu yerdan topish mumkin.
Yana, ajoyib tematik o‘yinchoqlar va bilimni charxlovchi boshqotirmalarni ham chegirma bilan xarid qilish mumkin.
Yana bir qiziqarli jihati – Kyobo nafaqat koreys tilidagi, balki dunyo tillaridagi besseller asarlarni ham taqdim etadi.
Tashrif buyuruvchilar va xorijliklar orasida eng taniqli bo‘linma ham – aynan xorijiy tildagi adabiyotlar burchagidir.
Bundan tashqari, musiqa albomlari, audiodisklar, kanselyariya mahsulotlari ham sotiladi.
Kyobo do‘konida ota-onalar yosh farzandlari bilan kitob mutolaa qilishi uchun maxsus maydon bor.
Koreyaliklar bolalarning kitobga qiziqishini orttirishga katta e'tibor qaratishadi. Shu sababli, ko‘plab oilalarda dam olish kunlari kutubxonalar va kitob do‘konlariga sayohat qilish odatiy an'anaga aylangan.
Talabalar bu yerga kelib, dars qilishlari ham mumkin. Eng muhimi – kitoblarni istagan soatgacha olib, o‘qishingiz mumkin. Buning uchun sizdan hech qanday to‘lov talab qilinmaydi.
Agar sizda KYoBOning maxsus a'zolik kartasi bo‘lsa, kitoblarga chegirmalar beriladi. Yana o‘zingiz istagan asaringizga buyurtma berish imkoni ham bor.
Feruza Avazova
Mavzuga oid
21:11 / 06.01.2025
KXDR «sosiskali sho‘rva» uchun odamlarni lagerlarga yuborishni boshladi - OAV
16:08 / 06.01.2025
Seulda chetlatilgan prezident tarafdorlari va tanqidchilarining aksiyalari bo‘lib o‘tdi
09:10 / 03.01.2025
Qo‘riqlash xizmati Janubiy Koreya prezidentini hibsga olishga xalaqit berdi
20:45 / 02.01.2025