Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i lavozimidan olingan – manba
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Shamsiddin Sohibnazarov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Kun.uz manbalari xabar bermoqda. U mazkur lavozimda 2023 yil 17 oktyabr kunidan ishlab kelayotgandi.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Shamsiddin Sohibnazarov lavozimdan olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Shamsiddin Sohibnazarov 2023 yilning 17 oktyabr kuni prezident farmoniga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi krashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. Bungacha u departamentning Toshkent shahar boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Sohibnazarovning ishdan olinish sabablari, keyingi faoliyati hamda uning o‘rnini kim egallashi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Kecha Kun.uz’ning Telegram’dagi Kunonline kanalida departament boshlig‘i Shamsiddin Sohibnazarov hamda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Anvar O‘rmonov lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlar e’lon qilindi. Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov Anvar O‘rmonovning ishdan olinganini rad qildi, Shamsiddin Sohibnazarov borasida esa ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Ayni paytda Departament saytining “Rahbariyat” bo‘limida Shamsiddin Soxibnazarov Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i sifatida qolmoqda.
Adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Sohibnazarov 2021 yilda davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi oldidan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.