Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yo‘llaridagi panjaralar to‘liq olib tashlanadi
Foto: Kun.uz
Toshkent shahri yo‘llari o‘rtasiga o‘rnatilgan temir panjaralarning barchasi vaqti-soati bilan olib tashlanadi. Shahar hokimiyati bu borada ishlar olib bormoqda. Ammo bu piyodalar tomonidan yo‘lning qatnov qismini istagan joyidan kesib o‘tishlariga olib kelishi mumkin.
Haydovchilar uchun bu kabi noqulayliklarning oldini olish maqsadida keyinchalik ko‘chalarning trotuarlar bilan tutash qismlari temir panjaralar bilan to‘silishi rejalashtirilmoqda. Toshkent ShIIBB YHXB boshlig‘i, polkovnik Barat Mamenov Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil media markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu haqda ma'lum qildi.
Bundan tashqari, piyodalar o‘tish joylariga, xususan piyodalar ishtirokidagi YTHlar ko‘p sodir bo‘layotgan Amir Temur shohko‘chasi kabi yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylariga kameralar o‘rnatilishi belgilanmoqda. Shu bilan birga, xorijiy va MDH davlatlari tajribasi o‘rganilib, respublika bo‘ylab aholi yashash punktlarida eng yuqori tezlik soatiga 60 km etib belgilanishi kutilmoqda.
“Bu borada takliflar bildirilgan, ayni vaqtda u tegishli idoralar tomonidan o‘rganilmoqda”, - dedi Barat Mamenov.
Mavzuga oid
16:20 / 18.10.2021
Surxondaryoda YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaro ushlandi
10:46 / 28.09.2021
Surxondaryoda YHXB inspektorini 4 km masofaga sudrab ketgan haydovchi qamoqqa olindi
17:14 / 23.09.2021
Me'yordan ortiq yuk ortgan yuk mashinalari va befarq YPX xodimlari: yo‘llarda xavfsizlikni kim ta'minlaydi?
18:35 / 17.05.2021