2023 yil 1 yanvardan çop etilgan onlayn-NKT va elektron çeklarda xatoliklarga yöl qöyilgan bölsa, tadbirkorlarga ularni tahrirlaş imkoni beriladi. Bu haqda Soliq qömitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Hozirda texnik imkoniyat yaratilmoqda, tadbirkorlarga ham tegişli tayyorgarlik çoralarini köriş tavsiya etiladi. Töliq qöllanma qöşimça ravişda e’lon qilinadi, – deyiladi rasmiy xabarda.

Qömita matbuot kotibi Dildora Hoşimova ayni masala yuzasidan Kun.uz’ning savollariga javob berdi.

— Tadbirkorlarga çeklarni tahrirlaş imkoni berilişi nimani anglatadi?

— Xaridorga xarid çeki öşa mahsulotni sotuvçi kassir tomonidan beriladi. Xarid çekida mahsulotning nomi, identifikatsiya raqami (MXIK), tovar qiymati, ölçov birligi, summasi yoziladi. Agar QQS tölovçisi bölsa, QQS summasi alohida körsatiladi. Xarid çeklari urilganda kassirlar tomonidan xarid summasi notöğri kiritiliş holatlari uçraşi mumkin. Masalan, ming söm örniga, ön ming söm körsatilişi mumkin. Şunaqa holatlar bor, yuz ming sömlik tovar bir mln söm deb urib yuborilişi mumkin. Bunday holatlar juda köp. Boşqa tovarning summasini boşqa tovarga urib yubordik, deyişadi. Bular köpinça texnik xatoliklar böladi.

Summalarning xato urilişi eng oğir holatda tovar aylanmasining oşib ketişiga olib kelişi mumkin. Bilasiz, tovar aylanmasi 1 mlrd sömdan oşib ketsa, yuridik şaxs QQS tölovçisiga aylanadi. Yoki summalarning köproq urilişi köproq soliq hisoblanişiga olib kelişi mumkin, sababi aylanmadan kelib çiqib 15 foiz foyda soliğini tölaydi. Şuning uçun yo 4 foiz, yoki 15 foizlik soliqning köpayib ketişiga olib kelişi mumkin.

Undan taşqari, imtiyozli tovar örniga imtiyozsiz tovar kodlarini kiritsa, öşa summa bilan şakllanib qolişi mumkin. Masalan, deylik men imtiyozli tovarni sotdim, u soliqqa tortilişi kerak emas, lekin men adaşib boşqa kodni kiritganim uçun soliq hisoblanişi mumkin.

Bundan taşqari, ba’zilar vositaçilik xizmatini körsatadi. Vositaçiga soliq çiqmasligi uçun faqat vositaçilik qilgani uçun oladigan xizmat haqi hisoblanadi. Bunday holatlarda vositaçi tovar sotuvçisining ma’lumotlarini töğri kiritib qöyişi kerak. Agar ikkinçi tomonning INNsini kiritmasa, vositaçiga ham soliq hisoblanişi mumkin.

Şunday holatlarni hisobot topşirgandan keyin buxgalterlar bilib qoladi. Özi keyingi hisobot topşirgunça xatoni tuzatiş imkoni bor. Bu AOS topşiruvçilar uçun keyingi oyning 15-sanasi, QQS tölovçilar uçun esa 20-sanasi. Lekin ötgan oy yopilib ketgan bölsa, undan oldingi oylarni tahrirlaş imkoni yöq, şu sababli hozir şunday şaroit yaratib berilyapti.