Xitoyning DeepSeek startapi yangi sun’iy intellekt modelini taqdim etişi global moliya bozorini larzaga soldi.

Xususan, DeepSeek’ning paydo bölişi investorlarda AQŞning sun’iy intellekt poygasidagi mutlaq ustunligini şubha ostiga qöya boşladi.

Natijada SI modellarini quvvatlaydigan kompyuter çiplari işlab çiqaruvçi Nvidia kompaniyasining aksiyalari 17 foizga tuşib, bozor qiymatini qariyb 600 milliard dollarga yöqotdi. Bu – AQŞ fond bozori tarixidagi eng katta kunlik yöqotiş böldi.

Şuningdek, Microsoft, Google, Tesla, Meta va Amazon aksiyalari ham keskin pasaydi.

Nasdaq fond indeksidagi fyuçerslar deyarli 5 foizga, S&P 500 indeksi esa mikroçip işlab çiqaruvçilarning aksiyalari ta’sirida 2,6 foizga pasaydi. AQŞ fond bozorining bir kunlik yoqotişi 1 trillion dollarga yetdi.

Bozor özgaruvçanligini ölçaydigan va investorlar kayfiyatining “barometri” bölib xizmat qiluvçi Cboe Volatility Index savdoning ba’zi nuqtalarida 50 foizdan oşib ketdi.

DeepSeek haqida

2025 yil 20 yanvarda DeepSeek özining DeepSeek-R1 va DeepSeek-R1-Zero kabi innovatsion modellarini taqdim etdi. Uşbu modellar 671 milliard parametrga ega bölib, yuqori samaradorlik körsatgan. Model atigi ikki oy içida 2048 ta Nvidia H800 GPU yordamida öqitilgan bölib, bu boşqa yirik modellar bilan soliştirganda 11 barobar kamroq hisoblaş quvvatini talab qiladi.

Tahlilçilarga köra, DeepSeek R1 barça asosiy mezonlarda OpenAI'ning ChatGPT o1 modelini ortda qoldirgan. Bundan taşqari, u mutlaqo bepul va API bilan işlaş bir neça baravar arzon.

Bu esa uşbu tarmoqqa milliardlab dollar pul tikayotgan investorlar va global texnologiya kompaniyalarida savollarni köpaytiryapti. DeepSeek modellarini öqitiş va işlab çiqiş narxi batafsil oşkor etilmagan, ammo u raqobatçilarnikidan sezilarli darajada pastroq bölişi mumkin. Ayrim ma’lumotlarga köra, OpenAI bir neça yillar davomida milliardlab dollar sarflab yaratgan LLM (Large Language Model) Xitoy startapi tomonidan bir neça oy içida atigi 6 million dollarga işlab çiqilgan.

DeepSeek yirik investorlar, jumladan High-Fler fondi tomonidan qöllab-quvvatlanadi. High-Fler Xitoyning eng yirik kvant fondlaridan biri sifatida tanilgan va texnologik innovatsiyalarni moliyalaştirişda faol iştirok etadi.

DeepSeek juda tez ommaviylaşyapti

DeepSeek ilovasi dam oliş kunlari Apple dökonida yuklab olişlar jadvalining eng yuqori poğonasiga kötarildi. App Figures ma’lumotlariga köra, Avstraliya, Kanada, Xitoy, Singapur, AQŞ va Buyuk Britaniyadagi iPhone ilovalari dökonlarida yuklaşlar soni böyiça birinçi örinni egallagan.

Similarweb tahliliy xizmati ma’lumotlariga köra esa, kompaniya veb-saytiga kunlik taşriflar soni 280 mingdan 6,2 millionga oşgan.

DeepSeek’dagi senzura

Xorijiy ommaviy axborot vositalarining ta’kidlaşiça, DeepSeek çatboti Tyananmen maydonidagi voqealar, Şinjondagi uyğurlarga qarşi genotsid ayblovlari, Tayvan bilan hududiy muammolar va inson huquqlari kabi materik Xitoy uçun nozik masalalarda özini özi senzura qiladi.

Misol uçun, agar foydalanuvçi “Tayvan davlatmi?” degan savolni bersa, tizim Tayvan Xitoyning bir qismi deb javob beradi va keyin javobini tezda özgartirib, “Keçirasiz, bu mening doiramdan taşqarida. Keling, boşqa narsalar haqida gaplaşaylik”, degan yozuv paydo böladi.

“Bu ogohlanlik qönğiroği bölişi kerak”

Donald Tramp DeepSeek’ning çiqarilişi “AQŞ sanoati uçun ogohlik qönğiroği bölişi kerak”ligi, poygada ğalaba qozoniş uçun raqobatga e’tibor qaratiş lozimligini aytdi.

Tramp xorijda alohida şaklda işlab çiqarilgan kompyuter çiplariga yangi tariflar joriy etişni rejalaştirayotganini ma’lum qilgandi, bu esa Osiyodan çip importiga qaram bölgan AQŞ texnologiya sanoati uçun qöşimça muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.