Andijonda sel oqizgan ko‘prik 21 oktyabrga qadar qurib bitiriladi - Bekzod Hidoyatov
Hukumat rasmiysining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ayni vaqtda Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanini tutashtirib turuvchi yirik ko‘prikni qayta tiklash ishlari davom etmoqda.
Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov Andijon viloyatida sel tufayli buzilib ketgan ko‘prik masalasida Kun.uz'ga ma’lumot berdi. Uning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanini tutashtirib turuvchi avtomobil yo‘lining 65 kmda joylashgan ko‘prikni tiklash ishlari davom etmoqda.
“Oqbo‘rasoy” ustidan o‘tgan ko‘prikni to‘liq ta’mirlash ishlari 21 oktyabrga qadar tugatiladi hamda foydalanishga topshiriladi.
2024 yil 13-14 iyul kunlari kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Farg‘ona vodiysi va Qirg‘izistonning O‘sh viloyatlarida kuchli sel keldi. Oqibatda Andijon viloyati Xo‘jaobod va Jalaquduq tumanlari o‘rtasidagi Yorqishloq qishlog‘ida soy ustiga qurilgan ko‘prik qulab tushgan edi.
Kun.uz avvalroq, ko‘prik qayta tiklanmayotgani, yog‘ingarchiliklar boshlansa, vaqtinchalik ko‘prikda yurib bo‘lmay qolishidan xavotirlangan mahalliy aholining muammolarini yoritib chiqqan edi. Andijon viloyat hokimligi qurilish to‘xtab qolganini rad etib, ishlar davom etayotganini bildirgan.
Mavzuga oid
16:59 / 04.12.2024
Andijondagi mutasaddilarning harakatlariga baho berish uchun ogohlantiruv hujjati kiritildi - Bolalar ombudsmani
18:47 / 03.12.2024
Andijonda maktab o‘quvchilari “qizil toifa”ga ajratildi
13:56 / 28.11.2024
Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik aytilgan vaqtda bitkazilmadi. Yangi muddat – 1 aprelgacha
13:59 / 03.10.2024