Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xöjaobod va Jalaquduq tumanlari örtasidagi Yorqişloq qişloğida soy ustiga qurilgan köprik kuçli sel oqimi tufayli qulab tuşgani tasvirlangan videolar tarqaldi.

Ma’lum bölişiça, toğlarda yoğgan kuçli yomğir tufayli sel kelgan va köprikni kötarib turgan tayanç ustunlar ostini yuvib ketgan. Oqibatda köprikning asosiy qismi qulab tuşgan.

Videoda katta soy tölib sel oqayotgani, köprik çöka boşlagaç maşinalar harakati töxtab qolgani körinadi. Köprik qulayotib, yonidan ötib ketgan gaz quvurlariga ham şikast yetkazgani aytilmoqda.

Xöjaobod tumani hokimligi axborot xizmati munosabat bildirib, hodisada heç kim tan jarohati olmaganini va halok bölmaganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, ayni daqiqalarda viloyat hamda har ikki tuman rahbariyati vakillaridan tarkib topgan işçi guruhi voqea joyiga yetib borgan va iş olib bormoqda.

Ma’lumot uçun, ijtimiy tarmoqlarda kuçli yoğingarçilik tufayli Qirğizistonning Andijonga qöşni bölgan Öş şahrini ham sel bosgani tasvirlangan videolar tarqalyapti.