Andijon viloyatining Xöjaobod tumanida bolalarni boğçaga olib ketayotgan Tracker YTHga uçragani ma’lum böldi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmiga köra, YTH 21 fevral kuni ertalab “Xöjaobod-Bobur” avtomobil yölida sodir bölgan. 40 yoşli I.A. (ayol) 21 nafar bolani öz boşqaruvidagi Tracker maşinasiga mindirib, xususiy boğçaga olib ketayotganda boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda maşina yöl çetidagi beton ustunga borib urilgan.
YTHda 8 nafar bola turli darajada jarohatlangan. Ulardan biri – 6 yoşli qizaloq oğir tan jarohati olib, şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramay u oradan 4 kun ötib vafot etgan.
Haydovçi ayol suddagi körsatmasida bolalarni hatto maşina yukxonasiga ham çiqarganini aytgan.
“Çap tomonimdan qandaydir maşina tezlik bilan ötdi. Uşbu holatdan qörqib ketib, özim bilmagan holda maşinamni öng tomonga burib yubordim. Söng yöl çetiga çiqib, boşqaruvni butunlay yöqotdim va yoritiş ustuniga urildim. Atrofdagilardan yordam sörab yiğlab yubordim. Atrofdagi odamlar meni va bolalarni maşinadan çiqarib, şifoxonaga olib borişdi. Qoidalarga rioya qilmasdan 21 nafar bolani maşinaning old, orqa va “bagaj” qismiga çiqardim. Qilmişimdan puşaymonman”, degan u.
Ayol 2-guruh nogironi ekanini bildirib, suddan yengillik söragan.
JIB Xöjaobod tuman sudi hukmi bilan I.A. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölişi) sodir qilişda aybli deb topildi.
Unga Jinoyat kodeksining 45 va 57-moddalarini qöllagan holda 2 yil maşina boşqariş huquqidan mahrum qilib, 3 yil muddatga uy-joyni tark etişni butunlay taqiqlaş tarzidagi ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.
Avvalroq Nurota tumanida 13 nafar boğça bolasini taşib ketayotgan Matiz YTHga uçragan va uni boşqargan ayol vafot etgandi.

















