
The Wall Street Journal naşri Moskva va Vaşington örtasida maxfiy aloqalar mavjudligi haqida birinçi bölib xabar berdi. Naşrning yozişiça, sönggi bir neça oy içida Sallivan Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev va Kremlning taşqi siyosat böyiça katta maslahatçisi Yuriy Uşakov bilan maxfiy suhbatlar ötkazgan.
Naşrning ma’lum qilişiça, muzokaralardan maqsad uruşni tugatiş şartlarini muhokama qiliş emas, balki Ukrainada yadroviy töqnaşuvning oldini oliş bölgan.
Avvaliga Oq uy bu xabarlarga töğridan töğri izoh berişdan boş tortdi, ammo inkor ham qilmadi.
AQŞ Milliy Xavfsizlik Kengaşi matbuot kotibi Adriyen Uotson dalilsiz bölgan har bir bayonotga javob beriş imkonsizligini ta’kidladi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Ğarb matbuotini «köplab yolğon xabarlarni çop etiş»da aybladi.
Biroq 7 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi çiqişida Jyeyk Sallivan Vaşington va Rossiya rahbariyati örtasidagi aloqa kanallari oçiqligiça qolayotganini tan oldi.
Uning sözlariga köra, bu AQŞ manfaatlariga mos keladi. Şu bilan birga, u Vaşington kim bilan iş olib borayotganidan xabardor ekanini ta’kidladi.
Duşanba kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per ham Qöşma Ştatlar Rossiya bilan muzokaralar olib boriş huquqini özida saqlab qolişini aytdi.
Oq uy va Kreml örtasida qandaydir parda ortidagi aloqalar mavjudligiga işoralar biroz oldin paydo bölgan edi.
Masalan, oktyabr oyida NBC telekanaliga bergan intervyusida Jyeyk Sallivan Vaşingtonning yuqori martabali mulozimlari Rossiya rasmiylari bilan suhbatlarda, ularga agar Moskva yadro qurolidan foydalansa, AQŞ tomonidan köriluvçi «ehtimoliy javob çorasi kölamini tuşuntirgani»ni aytgandi.
Vaşington Kiyevga bosim ötkazmoqdami?
7 noyabr kuni CNN naşri Vaşingtondagi manbalariga tayanib, sönggi bir neça hafta içida AQŞ rasmiylari Kiyevni Moskva bilan muzokaralar olib borişga tayyorligini körsatişga undayotganini ma’lum qildi.













