«Qöqon biokimyo» AJ ustav kapitalidagi 99,7 foiz davlat aksiyalar paketi 277 mlrd sömga «First Premium Alliance» MÇJga sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, ötkazilgan tenderda investorlardan «Qöqon biokimyo» AJni sotib oliş böyiça 4ta ariza kelib tuşgan. Xususiylaştiriş böyiça konsultant – Deloitte, huquqiy kömakçi – Dentons.

«Qöqon biokimyo» AJ – 2000 yildan 2020 yilgaça «Qöqonspirt» aksiyadorlik jamiyati sifatida faoliyat olib borgan.

“Davaktiv” xabarida qayd etilişiça, “First Premium Alliance” MÇJ – alkogol mahsulotlarini ulgurji va çakana sotişga ixtisoslaşgan kompaniya. Kompaniyada oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi böyiça xalqaro ISO 22000:2005 standarti joriy etilgan. Kompaniya ta’sisçilari Toşkent şahrida alkogol mahsulotlarini işlab çiqaruvçi yirik zavodga ega, kompaniyaning respublikada va MDH mamlakatlarida yirik distribyutorlik tarmoqlari mavjud.

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, xaridor «First Premium Alliance» MÇJ 2020 yil 25 dekabrda Toşkentda röyxatga olingan. Joriy ustav fondi – 245 mln söm. Faoliyat yönalişi – spirtli içimliklar ulgurji savdosi. Kompaniyaning 100 foizlik uluşi – Komilov Doniyor Abdulazizoviçga tegişli. Rahbari sifatida Idrisov Rustam Muxtasimoviç körsatilgan.

Doniyor Komilov – sobiq taşqi işlar vaziri, hozirda prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibining taşqi siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Abdulaziz Komilovning öğli hisoblanadi.

2021 yilda yagona ta’sisçisi Doniyor Komilov bölgan «Metropol Group» MÇJ Toşkent şahri Sayilgoh köçasida joylaşgan sobiq MXX binosini 210 milliard sömga sotib olgandi. Bundan taşqari, u «Delta global dynamics», «Progressgortech-asia», «First premium alliance» kabi kompaniyalarda ham 100 foiz uluşga ega.

Şuningdek, Doniyor Komilov Moskvada röyxatdan ötgan: qimmatli qoğozlar sohasida faoliyat yurituvçi «Selena» MÇJ, moliyaviy xizmatlar sohasida faoliyat yurituvçi «Ks» MÇJ, köçmas mulk sohasida faoliyat olib boruvçi «Glomaks» MÇJ, maşina va uskunalar ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi «VLK» MÇJ va «Holding Invest» kabi bir neçta korxonalarning ham ta’sisçisi