Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi
Prezident administratsiyasida Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba tashkil etilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident farmoyishi bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha shu’ba mudiri lavozimiga tayinlandi.
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, ushbu shu’ba yangidan tuzilgan bo‘lib, Prezident administratsiyasi rahbarining jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosati uchun mas’ul o‘rinbosari tizimi tarkibiga kiradi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva ijtimoiy soha, madaniyat va ta’lim sohalaridagi islohotlar ijrosining borishini ham nazorat qiladi.
Saida Mirziyoyeva 1984 yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti magistri, iqtisodiyot fanlari nomzodi hisoblanadi.
Ko‘p yillar davomida turli sohalarda, shuningdek, 2019-2020 yillarda Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2020 yildan bugungi tayinlovga qadar Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida edi.
«Uning faoliyati davomida so‘z erkinligini ta’minlash, vazirlik va idoralarning ochiqlik siyosati, matbuot xizmatlarini joriy etish, madaniyat sohasini rivojlantirish va gender tenglik masalalari bo‘yicha ko‘plab loyihalar amalga oshirildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
17:11 / 27.12.2025
“Tizimimiz ancha eskirib qoldi” - Prezident korrupsiyaga qarshi yangi tizim haqida e’lon qildi
15:03 / 20.12.2025
Saida Mirziyoyeva “Sehrlandiya” multfilmi haqida: “Bu – birinchi qadam”
20:18 / 19.12.2025
Saida Mirziyoyeva Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
11:51 / 18.12.2025