O‘zbekistonga mart oyi davomida 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi olib kelinadi
O‘zbekistonda emlangan aholiga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi. Bu haqda Covid-19’ga qarshi vaksinatsiya bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma'lum qildi.
«Bu jarayonda muhim ahamiyatga ega shprits ta'minoti, xavfsiz qutilar ta'minoti va boshqalar uchun respublikamizda 6 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘lar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar vaksinatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishyapti.
Birinchi navbatda emlanadigan aholi vakillarini elektron ro‘yxatga olish ishlari olib borilyapti. Yangi emlash.uz deb nomlangan sayt yaratildi. Vaksina olgan fuqarolar bu saytda ro‘yxatdan o‘tkazib boriladi. Ularga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi», dedi Bahodir Yusupaliyev.
Ma'lum qilinishicha, mart oyining ikkinchi qismida – 15-20 mart kunlarida O‘zbekistonga COVAX dasturi bo‘yicha 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltiriladi. Keyingi bosqichda Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasidan 1 mln doza miqdorida xarid qilish ishlari olib borilmoqda.
«Hozirda taqdim etilgan shartnoma Rossiya tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Mart oyida O‘zbekiston hammuallif bo‘lgan ZF-UZ-VAS 2001 vaksinasidan ham 1 mln doza olib kelinishi rejalashtirilgan», degan u.
Ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda emlash jarayonlarining boshlanishi uchun barcha tayyorgarlik ko‘rilgan. Olib kelingan vaksinalarni saqlash uchun maxsus omborxonalar va avtomobillar, emlash jarayonida ishtirok etish uchun mobil brigadalar va emlash punktlari shay holatda turibdi.
Avvalroq, O‘zbekistonda aholini emlash jarayonlarining amalga oshirilishi kechikishi bilan bog‘liq holatlarga izoh berilib, joriy yilda 4 million nafardan ortiq aholi Covid-19’’ga qarshi hech qanday to‘lovsiz emlanishi aytilgan edi.
Tavsiya etamiz
2024 yilda UzAuto Motorsʼning O‘zbekiston bozoridagi ulushi 88 foizga yetdi
O‘zbekiston | 14:22 / 16.01.2025
«Tashabbusli budjet»ga ayrim o‘zgarishlar kiritildi
O‘zbekiston | 13:13 / 16.01.2025
Bayroqdagi yangi yulduzlar: AQSh hududlarni qanday qo‘lga kiritgan?
Jahon | 18:08 / 15.01.2025
Qonuniy taksi bozori qariyb 6 trln so‘mgacha o‘sdi
Iqtisodiyot | 09:47 / 15.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistondan qo‘shni davlatlarga yangi avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston | 12:20
-
2024 yilda xorijdan 483 nafar o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi - Migratsiya agentligi
O‘zbekiston | 12:14
-
Rossiyaning Kriviy Rigga zarbasi: to‘rt kishi halok bo‘ldi, yetti kishi yaralandi
Jahon | 12:03
-
“Ish joyini tark etish holati ko‘p” – Janubiy Koreya o‘zbekistonlik migrantlarni kam qabul qilayotganiga izoh berildi
O‘zbekiston | 11:44
Mavzuga oid
20:40 / 06.11.2024
AstraZeneca aksiyalari qiymati Xitoydagi tergovlar fonida tushib ketdi
09:30 / 16.08.2024
AstraZeneca kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi
20:41 / 08.05.2024
AstraZeneca o‘zining COVID-19 vaksinasini bozordan qaytarib oldi
22:00 / 30.04.2024