Mamnuniyat bilan ayta olamizki, bugungi kunda Özbekistonda kitob sanoati, kitobxonlik yangi va öziga xos bosqiçga kötarildi. Şuningdek, jahon adabiyoti durdonalari tarjimalari ustida ham salmoqli natijalar közga taşlanmoqda.
Nodirabegim Ibrohimova, adiba, jurnalist:
– Yöqotilgan avlod yozuvçilari turkumiga kiruvçi, Birinçi jahon uruşi iştirokçisi Erix Mariya Remark özining kitoblari bilan uruş körgan insonlarning kayfiyati, ruhiyati, içki keçinmalarini yorqin oçib bergan yozuvçi hisoblanadi. Hozirda özim ham uning “Ğarbiy frontda özgariş yöq” romanini mutolaa qilmoqdaman. Aytiş kerakki, uşbu asar uçun Remark faşistlar tomonidan uzoq vaqt ta'qib qilingan, hattoki fuqaroligidan mahrum qilingan. Umri qoçqinlikda ötgan Remark köplab asarlar bitdi. Mana bugun “Factor press” naşriyoti tomonidan “Qora haykal” romani ham çop etilibdi. Bu kitob Remark muxlislariga ajoyib sovğa böldi, deb öylayman.
Saodat Abdurahmonova, tarjimon:
– Nemis yozuvçisi Erix Mariya Remark “Ğarbiy frontda özgariş yöq”, “Uç oğa-ini”, va “Lissabondagi tun” asarlari bilan özbek auditoriyasiga yaxşi taniş. Özbek kitobxonlari mazkur asarlarni iliq kutib olgani bois, yozuvçining yana bir kitobi “Qora haykal” romanini ham özbek tiliga tarjima qiliş fikri tuğildi va “Factor press” naşriyoti bilan hamkorlikda uşbu loyihani amalga oşirişga kirişdik. Remark mazkur asarida ötgan asrning yigirmançi yillaridagi Germaniya hayotini tasvirlaydi. Unda ötgan asrning ikki yirik fojiasi – Birinçi va Ikkinçi jahon uruşi oraliğidagi hayot, insonlarning kayfiyati, yöqotilgan avlod, hayotiy qadriyatlar haqida söz boradi.
Bu bilan parallel ravişda, muallif inson özi nega yaşaydi, hayotning, dinning mohiyati nimada degan savollarga javob izlaydi.
Sohibjamol Kattayeva, naşriyot rahbari:
– Naşriyot faoliyati boşlanganiga beş oy tölgan bölsa, Erix Mariya Remarkning “Qora haykal” kitobi bizning ilk katta loyihalarimizdan biri edi. Kitob ustida beş oy davomida iş olib borildi. Naşriyot jamoasi asosan yoşlardan taşkil topgan bölişiga qaramasdan har bir işimiz yillar davomida öz ustida işlab kelgan, katta tajribaga ega bölgan ustozlar bilan hamkorlikda, bamaslahat olib borilmoqda. Remarkning “Lissabondagi tun” asari tarjimasini tahrirlagan ustozimiz Saidjalol aka Saidmurodov kitobni tahrirlaşda yaqindan kömak berdilar. Kelgusidagi boşqa barça rejalarimiz qatori Remarkning yana ikkita kitobi tarjimasini kitobxonlarga taqdim etmoqçimiz. Kitobning tarjimasi, mehnatimizga beriladigan xolis bahoni kitobxonlardan kutib qolamiz.












