Markazning laboratoriya mudiri Dilobar Ahmedovaning aytişiça, DNK ekspertizasi tergov organlarining qarori hamda sudning ajrimiga, şuningdek, fuqarolarning öz ixtiyoriga köra bergan arizasiga asosan tayinlanadi.
Tergov va jinoyat işlari böyiça sudlarning hujjatlari bilan tayinlangan ekspertizalar bepul, fuqarolik işlari böyiça sudlar va jismoniy şaxslarning arizalariga köra tayinlangan ekpertizalar tölov asosida ötkaziladi.
Tadqiqotlarning narxi ularning murakkablik darajasi va taqdim qilinayotgan obektlarning soniga qarab belgilanadi.
«Hozirgi kundagi tarifga asosan, oddiy DNK ekspertizasining narxi 2 083 707 sömni taşkil etadi. Örtaça murakkablikdagi tadqiqotlarning narxi 4 021 189 söm, murakkab ekspertizalar uçun belgilangan tölov esa 6 mln.dan ziyod.
Otalikni aniqlaş böyiça DNK ekspertizasi oddiy turdagi tadqiqot hisoblanadi. Bunda bir nafardan beş nafargaça şaxs namunasi taqdim qilinişi kerak. Şunda, bunday ekspertiza uçun 2 083 707 söm olinadi.

Agar olti va undan ortiq şaxslarning namunalari örganiladigan bölsa, masalan, yetti farzand va ota-onaning DNK namunalari tadqiq qilinsa, buning uçun 6 milliondan köproq tölov qilişga töğri keladi.
Bundan taşqari, ekspertizalar tadqiqot obektlariga köra ham farqlanadi. Ya'ni kam xarajat talab qiladigan biologik obektlar bor. Bular qon va sölak namunalaridir. Uşbu tadqiqot obektlari asosida ötkaziladigan ekspertizalar uçun 2 083 707 söm undiriladi. Agar soç, qöl terisi bilan birga olingan tirnoqlar tadqiq qilinsa, buning narxi 4 021 189 söm böladi.
Murakkab turdagi ekspertizalar eksgumatsiya qilingan jasadning suyak namunalari asosida ötkaziladi. Bunday ekspertizalar markazimizda deyarli ötkazilmaydi. Faqatgina tergov jarayonida bunday ekspertizalarga ehtiyoj tuğilişi mumkin. Markazimizda ötkaziladigan ekspertizalarning aksariyati oddiy, ba'zi bir holatlarda örtaça murakkablikdagi tadqiqotlardir», deydi u.

















