Navoiy viloyatining Karmana tumanida «Dehqonobod», «Buyuk ipak yöli», «Yangihayot» nomli yangi MFYlar taşkil etilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga xalq deputatlari Karmana tumani kengaşining mazkur masalaga tegişli qarori loyihasi joylaştirildi.
Qarorga muvofiq tumandagi «Varq», «Döstlik», «Boğişamol» mahalla fuqarolar yiğinlari hududida yangi mahalla fuqarolar yiğinlarini tuziş közda tutilmoqda. Davlat soliq qömitasi huzuridagi kadastr agentligi ekspert komissiyasining xulosasiga asosan yangi tuzilayotgan mahallalarga «Dehqonobod», «Buyuk ipak yöli», «Yangihayot» nomi berilişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, qaror bilan tumandagi tegişli mas'ullarga yangi taşkil qilingan mahallalar hududida yaşovçi aholining fuqarolik pasportlariga özgartiriş kiritiş, yangidan tuzilgan mahalla fuqarolar yiğinlariga nomi yozilgan körsatgiç va belgilar, peşlavhalarni zamonaviy dizayn asosida örnatiş, ularni ma'muriy bino va kerakli jihozlar bilan ta'minlaş vazifasi topşirilgan. Qaror muhokamasi 12 may kuni yakunlanadi.
Ma'lumot uçun, hozirgi vaqtda viloyat hududida 307 ta MFY va OFY bor.











