Manbaga köra, uşbu şov-şuvli voqeani örgangan vazirlik işçi guruhi xulosasi bilan quyidagilar işdan olingan:

1. Samarqand viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça örinbosari S.Möminov;

2. Samarqand viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi onalik va bolalik salomatligini rivojlantiriş bölimi boş mutaxassisi S.Rasulov;

3. Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi direktori M.Azizov;

4. Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazining gemodializ böyiça mutaxassisi B.Ğaniyev;

5. Toyloq tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Olmazor OŞP mudiri X.Muzaffarov;

6. Toyloq tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Olmazor OŞP oilaviy şifokori U.Mahmudov;

7. Toyloq tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Olmazor OŞP doya hamşirasi M.Siddiqova.

Uşbu röyxatdagi viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasida işlaydigan ikki mas’ulning uşbu voqeada qay darajada aybdorligi noma’lum, biroq Samarqand «Dok-1 Maks» dorisi savdoga çiqarilgan yagona hudud emas. Ya’ni Samarqanddagi tibbiyot muassasasida nobud bölgan 18 nafar bolaning hammasi ham samarqandlik emas. Bu bolalarning qariyb yarmi boşqa viloyatdagi şifoxonada davolanayotib, oğir vaziyatga tuşib qolganidan söng Samarqandga olib kelingan. Agar bolalarning ahvoli oğirlaşişi bevosita «Dok-1 Maks» bilan boğliq ekan, buning uçun boşqarmadagi qaysidir mansabdor işdan olinişi yeçim emasligini aytmoqda manba.

«Bevosita Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazi direktori M.Azizovning işdan oliniş masalasiga töxtalsam. Butun boşli tizim illatlari, «Dok-1 Maks»ning «ölim dorisi» ekani aynan Azizovning xati sababli yuzaga çiqdi. U qançadan qança tibbiyot muassasalari rahbarlari yaqin kelolmagan haqiqat yuzaga çiqişiga sababçi böldi.

Samarqand viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazining gemodializ böyiça mutaxassisi B.Ğaniyev ham viloyatda soha böyiça juda noyob mutaxassis hisoblanadi. Uning işdan olinişi esa şu kabi haqiqiy şifokorlarni sindirişdan boşqasiga xizmat qilmaydi. Hozir markazda heç kimning qöli işga bormay qoldi, köpçilik yaxşi mutaxassislar arizasini yozmoqçi», dedi manba.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev işdan olingan yetti kişi haqida töliq ma’lumot berişdan özini olib qoçmoqda.