Asli özbekistonlik bölgan rossiyalik milliarder Iskandar Mahmudov va uning şeriklari tomonidan asos solingan Ural kon-metallurgiya kompaniyasi (UKMK) 2022 yilgi hisobotini e’lon qildi. Unda kompaniya sobiq Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning öğli Doniyor Komilovni özining benefitsiar egasi sifatida körsatgan. Bunga Forbes naşri e’tibor qaratdi.

Qayd etilişiça, 2022 yil 14 martda UKMK rasmiy saytida kompaniya korporativ tuzilmasidagi özgarişlar haqida ma’lumot beriladi. Unda Iskandar Mahmudov va Andrey Bakarov (Mahmudovning asosiy biznes hamkori, “Transmaşholding” asosçisi) UKMK, “Kuzbassrazrezugol”, “Vostoçnyy port”, “Rosterminalugol” AJlarning benefitsiarlari bölişni töxtatgani, şuningdek, uşbu kompaniyalarning direktorlar kengaşlarini tark etgani xabar qilinadi. Bir oy ötgaç, Mahmudov va Bokarev Buyuk Britaniyaning sanksiyalar röyxatiga kiritiladi.

2022 yilning iyulida Andrey Kozitsin ham UKMK boş direktori lavozimidan ketadi. Qaror “kelajakdagi personal sanksiyalardan qoçiş” maqsadida qabul qilingani aytiladi. Bir neça kundan keyin uni Yevropa Ittifoqi sanksiyalar röyxatiga kiritadi.

2021 yilgaça Mahmudov, Kozitsin va Bokarev UKMKning 85 foiz uluşdori bölgan, Kiprda röyxatdan ötgan Selmareco Limited kompaniyasiga egalik qilgan. Öz navbatida, UKMK “Kuzbassrazrezugol” kömir kompaniyasining 52,7 foiz uluşi egasi bölgan (2022 yil yakunlariga köra, mazkur korxona 44 mln tonnadan ortiq kömir qazib olgan va uşbu körsatkiç böyiça Rossiyada 2-örinda qayd etilgan). Mahmudov, Kozitsin va Bokarev boşqa ofşor kompaniyalari orqali “Kuzbassrazrezugol”ning yana 35 foiz uluşiga ham ega bölişadi.

Kiprda röyxatdan ötgan yana bir holding Starlion Limited Rossiya Uzoq Şarqidagi “Vostoçnyy port” va Boltiqböyidagi “Rosterminalugol” kömir terminallarini nazorat qilgan. Mahmudov, Kozitsin va Bokarevning uşbu biznesdagi umumiy uluşi taxminan 77 foizni taşkil etgan.

Ötgan yil yakunlari böyiça, UKMK bilan boğliq asosiy aktivlarning umumiy daromadi 890 mlrd rubl (taxminan 9,6 mlrd dollar), umumiy sof foyda esa 190 mlrd rubl (taxminan 2 mlrd dollar) bölgan. UKMK 2022 yil böyiça bergan hisobotida Komilov Doniyar Abdulazizoviçni kompaniyaning benefitsiar egasi sifatida keltirgan.

Doniyor Komilovning kompaniyasi Toşkent markazidagi sobiq MXX binosini 210 mlrd sömga xususiylaştirgan. Ayni kunlarda bu bino örnida mehmonxona quriş maqsadida buzilmoqda. / Foto: Kun.uz