Özbekiston va Qozoğiston rasmiylari ikki mamlakat fuqarolarining davlat çegarasini milliy ID kartalar vositasida kesib ötişini yölga qöyiş masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Özbekiston prezidentining taşqi siyosat masalalari böyiça maxsus vakili Abdulaziz Komilov ma’lum qildi.
“Bugungi kunda Özbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi çegaralarni haqli ravişda döstlik va yaxşi qöşniçilik köprigi, deb ataş mumkin. 2023 yil 1 sentabrdan boşlab içki hujjat – fuqaro ID kartasini taqdim etgan holda Özbekiston-Qirğiziston çegarasini kesib ötiş tartibi amal qilayotgani buning tasdiğidir. Xuddi şunday loyiha Qozoğiston tomoni bilan ham muhokama qilinmoqda”, – deya yozadi Komilov öz maqolasida.
Avvalroq, Markaziy Osiyo yetakçilarining 9 avgust kuni Ostonada bölib ötgan yiğilişida, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda milliy ID-kartalarni özaro tan oliş va “Bir tur – butun mintaqa” tamoyili asosida ommaviy turistik mahsulotlarni işlab çiqişni taklif qilgandi.
Markaziy Osiyo integratsiyasini urğulagan maslahat uçraşuvi. Ekspertlar bilan suhbat












