Özbekistonda vaqtinçalik yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni işga qabul qilişdagi taqiqqa barham beriladi va iş beruvçilar javobgarligi bekor qilinadi. Bu Prezident Şavkat Mirziyoyevning 22 yanvardagi 2017−2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi tasdiqlangan qarorida közda tutilgan.
«Özbekiston 24» telekanali «Axborot 24» dasturida xabar qilinişiça, endi vaqtinça yoki doimiy propiskasiz fuqarolarni işga qabul qilişni rad etiş bilan boğliq amaliyotga barham berilib, mehnat munosabatlari jarayonida pasport tizimi qoidalariga rioya etmaganlik uçun iş beruvçilarni ma'muriy javobgarlikka tortiş bekor qilinadi.
Uşbu norma fuqarolarga mamlakatimizning istalgan hududida, ayniqsa, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida işga joylaşişda heç qanday çeklovlarsiz öz salohiyatini röyobga çiqariş imkonini beradi.
Şu tariqa, endi istiqbolli kadrlar qayerda doimiy yoki vaqtinça propiska qilingani, turar joyi böyiça hisobda turganidan qat'i nazar, poytaxt mintaqasida mehnat qila oladigan böldi.
Şuningdek, Özbekistonda mavsumiy işlarga (quriliş, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda) jalb qilinganlarni vaqtinçalik röyxatga oliş tizimi soddalaştiriladi, ular uçun uy-joy ijarasi, uy-joydan tekin foydalaniş bitimini tuziş talabi bekor qilinadi.
Voyaga yetmagan şaxsning belgilangan muddatda pasport olmaganligi uçun ma'muriy javobgarlik bekor qilinadi.
Bundan avvalroq uşbu davlat dasturiga köra, Toşkent va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga ega bölmagan fuqarolarga ikkilamçi bozordan köçmas mulk xarid qiliş imkoniyati taqdim etilişi ma'lum bölgandi.
Eslatib ötamiz, Davlat dasturi 231 banddan iborat. Hujjatda, 37ta qonunni qabul qiliş közda tutilgan.

















