“AZIYA INVEST FAVORIT” MÇJ bilan Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Izzat köçasida qurilişi rejalaştirilgan uylardan birini sotib oliş böyiça şartnoma tuzgan bir guruh fuqarolar Kun.uz’ga murojaat qilib, oradan bir yarim yildan köproq vaqt ötganiga qaramay quriliş işlari hali boşlanmaganidan şikoyat qilişdi. Ularning aytişiça MÇJ rahbari qamoqqa olingan bölib, işçi-xodimlar pullarini qaytarişni talab qilib borganlarga firma yopilganini aytişgan. Bundan taşqari, bir guruh fuqarolarning videomurojaatlari YouTube platformasiga ham joylaştirilgan. 

“2022 yil 21 fevral kuni şartnoma tuzganman. Izzat köçasida joylaşgan 58-uy qurilişi uçun 273 mln 800 ming söm tölov qilganman. Bir yarim yildan buyon turli va’dalar bilan quriliş keçiktirib kelindi. Şu paytgaça men pulini tölagan uy qurilişi uçun bitta çöp ham qöyilmadi.

Aytişlariça, “AZIYA INVEST FAVORIT” MÇJ rahbari Hatamov Xayrullo Abduqodiroviç hozirda qamoqqa olinganmiş va uşbu MÇJ xodimlari “biz işlamayapmiz, biz yopildik” deyayotganmiş. Ularning pullarni olib çetga ketib qolmasligiga kim kafolat beradi? Şunça odamning pulini olib uy qurilmasa yoki pullar qaytarib berilmasa, buning uçun heç qanday javobgarlik yöqmi?” deydi Tölqinjon Jumaboyev.

“2023 yil 14 fevralda AZIYA INVEST FAVORIT quriliş firmasiga uy oliş maqsadida tölov qilganmiz. Ular bizga şartnomada Yaşnobod tumani Izzat köçasidagi bir yerni körsatib, 58-uy şu yerda quriladi deb aytişgan. Endi aniq bölyaptiki, firmada bu yerga egalik huquqi yöq. Firma rahbarlari quriliş uçun tegişli taşkilotlardan ruxsat olmasdan mingdan ziyod odamni aldab qurilmaydigan uylarni sotgan. Buning oqibatida 1090 tadan ziyod xaridor pulsiz va uysiz qolmoqdamiz”, deydi boşqa bir murojaatçi.

Bu kabi murojaatlar talaygina. Uşbu murojaatlarda aldangan fuqarolar quruvçilar avvalboşdan uy quriş niyatida bölmagani, uylarning kvadrat metri uçun poytaxt böyiça eng arzon narx belgilab, şu yöl bilan köpçilikni tuzoqqa tuşirişgani, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar uşbu firibgarlik sxemasi va ança oldin yöllangan şikoyatlarni e’tiborsiz qoldirişgani ta’kidlanadi.