«Avtotest Report» MÇJ yuridik şaxslar haydovçilarini tayyorlaş faoliyatini töxtatmoqda. «Avtotest» jamoasi Kun.uz’ga Özbekiston xalqiga yöllangan murojaatni taqdim etdi.
«Avtotest» yuridik şaxslar haydovçilarini tayyorlaş faoliyatini töxtatadi.
Biz jamoamiz bilan şu qarorga keldik. Bizning boş maqsadimiz pul işlaş emasligini, bizda qadriyatlar boşqa ekanligini şu bilan namoyon etmoqçimiz. Biz odamlardan qinğir yöl bilan pul işlaşdan yiroqmiz.
Boşqa avtomaktablardan farqli ölaroq «Avtotest» kompaniyasi paydo bölganidan beri hali biror marta daromad olgani yöq. Hamma topilgan daromad faqat va faqat rivojlanişga, yangi zamonaviy maktablar barpo etiş, dasturlar, yangi texnologiyalar yaratişga yönaltirildi. Bor kuç va mehnat asosiy boş ğoya — odamlar ölimini kamaytiriş, yöllarda tartib bölişini ta'minlaş va uşbu sohaning rivojlanişi uçun sarf etildi.
«Avtotest» bizning farzandimiz. Biz unga bor yuragimiz va mehrimizni berdik.
Ötgan davr mobaynida bizni har köyga solişdi. Yöllarda maşinalarimizni tösib kulgi qilişdi. Endi bunga yöl qöymaymiz. Andişaning otini qörqoq qöymang.
Tan oliş kerak, bugun köçada ahvol juda yomon. Internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarda minglab odamlar yöl-transport hodisalari oqibatida vafot etgani haqida ma'lumotlar çiqadi. Lekin biror odam bunga qayğurganini, xuddi «Avtotest»ni muhokama qilganidek muhokama qilganini körmadik.
Bizda qadriyatlar boşqa. Bizda tahsil olganlarning birontasi ta'lim sifatiga, metodiga, yaratilgan şaroitga e'tiroz bildira olmadi, heç bir öquvçi şikoyat qilmadi, qilolmaydi ham. Çunki biz xalq xizmati uçun jonimizni berib harakat qildik. Şu orqali biror bir inson hayotini saqlaşga hissa qöşgan bölsak, yöllarda bizning bitiruvçilarimiz ozgina bölsa-da tartibli harakatlanayotgan bölsa, şuning özi bizga katta baxt. Bizning yutuğimiz mana şu.
Hurmatli yurtdoşlar! Biz, «Avtotest» jamoasi barçangizga minnatdorçilik bildirgan holda, şuni ma'lum qilmoqçimiz: «Avtotest» kompaniyasi yuridik şaxslar haydovçilarini öqitiş faoliyatini töxtatadi. Röyxatga oliş jarayoni va barça mavjud şartnomaviy majburiyatlarni amalga oşiriş uçun bir oz vaqt kerak böladi. Biz tahqirlardan çarçadik.
Biz endilikda faqat haydovçilarni tayyorlaş, metodika va qöllanmalar yaratiş bilan şuğullanamiz. Iltimos, «Avtotest» nomini yomonotliq qilişni bas qiling. U bizning farzandimiz, uni xafa qildirib qöymaymiz. Yöllardagi holat, sotib olingan haydovçilik guvohnomalari va bu işni qilgan, qilayotgan haydovçilar, ma'sul xodimlarga qarşi kuraşişga, minglab ölimlarning oldini oliş kuraşişga da'vat qilamiz. E'tiboringiz uçun yana bir bor rahmat»

















