«Nike» va «Adidas» krossovkalarini işlab çiqaruvçi liniya 2021 yil 4-çoragida işga tuşib, 2022 yilning 3-çoragida töliq quvvatda işlay boşlaydi. Zavodda yiliga jami 3 million juft sport poyabzali işlab çiqarilişi kutilmoqda. Bu haqda «Özçarmsanoat» uyuşmasi Kun.uz’ga xabar berdi.
2019 yil boşida amalga oşirilgan «Tianjin Zhongzhilihua» kompaniyasi bilan «SinoInternational» MÇJ örtasidagi kelişuvga köra, Andijon viloyatida 2020-2022-yildan bosqiçma-bosqiç (umuman 3 bosqiçda) «Nike» va «Adidas» krossovkalari işlab çiqarişni yölga qöyiş va Markaziy Osiyo davlatlariga tayyor mahsulotlarning 50 foizini eksportga yönaltiriş rejalaştirilgan.
Xitoy davlatida koronavirus pandemiyasi töliq bartaraf etilgandan söng, investor Fan Rong Xuan qolgan dastgohlarni import qilib keltirişi rejalaştirilgan. Birinçi bosqiç 2021 yilning 4-çoragida işga tuşib, loyiha 2022 yil 3-çoragida töliq quvvatda işga tuşişi rejalaştirilgan.
Ma'lum qilinişiça, «SinoInternational» MÇJ korxonasiga Andijon viloyati Asaka tumanidan 1 gektar yer maydoni ajratilgan bölib, hozirda 1000 kv.metr joyga bino inşootlari qurilgan. Dastgohlar olib kelib örnatilgan. Korxona 2020 yilning 4-çoragida işga tuşgan.
«Özçarmsanoat» uyuşmasi ma'lumotiga köra, viloyatning şu hududidagi işsiz erkaklar va ayollarni işga jalb qilgan holda hozirda sinov tariqasida 1 oyda 40 ming juft bolalar va ösmirlar krossovkalari işlab çiqarilmoqda.
Uyuşma xabariga köra, «Nike», «Adidas» krossovkalari talab darajasida işlab çiqarilganidan söng, işlab çiqarilgan mahsulotlarning 50 foizini Markaziy Osiyo davlatlariga eksport qilişni «Tianjin Zhongzhilihua” kompaniyasi zimmasiga olgan. Şu bilan birga, «SinoInternational» MÇJ xalqaro yarmarkalarda iştirok etiş hisobiga 30 foizini boşqa davlatlarga va 20 foizini içki bozorga sotişga kelişilgan.
Loyihaning moliyaviy manbasi – investor Fan Rong Xuan bölib, loyiha töliq işga tuşişi uçun töğridan töğri 12 million AQŞ dollari miqdorida mablağ yotqizilişi rejalaştirilgan. Hozirda xorijiy investor tomonidan 6 million AQŞ dollarlik investitsiya kiritilgan.












