O‘zbekiston | 14:01 / 22.03.2020
77774
4 daqiqa o‘qiladi

Karantin davrida #UydaQoling, bizga video jo‘nating va 1 mln so‘mni qo‘lga kiriting!

21 martdagi ma'lumotga ko‘ra, dunyoning 166 davlatida 275 mingdan ortiq insonda koronavirus kasalligi aniqlangan. Virus yanada ko‘proq odamlarga yuqmasligi uchun shifokorlar iloji bo‘lsa, uydan tashqariga chiqmaslikni, boshqalar bilan aloqada bo‘lmaslikni tavsiya etishmoqda.

Biroq ogohlantirishlarga qaramasdan, karantin tartibiga amal qilmayotgan yurtdoshlarimiz ko‘p. Haligacha mehmondorchiliklar davom etmoqda, choyxonalar, bozorlar gavjum. Go‘yoki koronavirus ularni chetlab o‘tadigandek.

Kun.uz tahririyati pandemiya davrida murakkab epidemiologik sharoitda milliy birdamlikni targ‘ib qilish maqsadida #UydaQoling deb nomlangan tanlovni e'lon qilmoqda.

Maqsadimiz: Karantin davrini xavfsiz o‘tishini ta'minlash uchun insonlarni zaruratsiz ko‘chaga chiqmasdan, uyda qolib, vaqtlarini oila davrasida, foydali mashg‘ulotlar bilan band qilish. Tanlovga yuboriladigan videoda karantin tufayli maktabga bormayotgan farzandingiz bilan dars qilayotganingiz, sport bilan shug‘ullanayotganingiz yoki bolalaringizga Qur'on yodlatayotganingiz aks etishi mumkin. Albatta bular shunchaki misollar. Qolgani sizning tasavvuringizga bog‘liq. Video kreativ va qiziqarli bo‘lsin, shu bilan birga, boshqalarni ham ilhomlantirsin. Xorijdagi vatandoshlarimizni ham tanlovda ishtirok etishga chorlab qolamiz. 

Videolar 22 martdan 1 aprelgacha qabul qilinadi. 10 kun davomida 28 nafar g‘olib aniqlanadi. Ya'ni har kuni 3 kishi 1 million so‘mdan pul mukofotini qo‘lga kiritadi. Mukofot jamg‘armasi esa 30 mln so‘mni tashkil etadi.

Tanlov shartlari quyidagicha: (Ularning har biri to‘liq bajarilish kerak)

1. Uyingizda, oila davrasida, yolg‘iz yashasangiz o‘zingiz foydali mashg‘ulot bilan shug‘ullanayotganingizni telefoningizda videoga oling.

Videoda koronavirusni yuqtirib olmaslik yoki epidemiya tarqalishiga sabab bo‘lib qolmaslik uchun nimalar qilayotganingiz, karantin sharoitidagi tavsiyalarga qanchalik rioya etayotganingiz aks etishi ham mumkin.

2. Videoni Facebook, Instagram yoki Twitter tarmog‘idagi shaxsiy sahifangizga post ko‘rinishida, aynan post ko‘rinishida #UydaQoling #FoydaliKarantin va #Kunuz heshteglari bilan birgalikda yuklang. Postingizda Kun.uz’ning Facebook va Instagram’dagi sahifasini eslatib o‘tishni (mention) unutmang!

3. Video “Kun.uz tanlovi uchun” deb boshlanishi va bir daqiqadan oshmasligi kerak.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga joylangan video havolasini bizga yuboring.

Biz bir kunlik videolar ichidan noodatiy va qiziqarli chiqqan 3tasini tanlab olib, g‘olib sifatida e'lon qilamiz. 

Videolarni tanlashda ularning noodatiyligi, kreativligi, yumor hissi va odamlarga foydaliligiga e'tibor qaratiladi. Masxaraomuz va tahqiromuz mazmundagi videolar qabul qilinmaydi. Tanlovning barcha shartlariga to‘liq amal qilingan videolargina ovozga qo‘yiladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi video joylangan sahifangiz tanlov vaqtida ochiq bo‘lishi kerak, aks holda tanlovda ishtirok etolmaysiz. Qolaversa, 3 mln so‘mlik yutuqni berish uchun ham siz bilan aynan ijtimoiy tarmoqdagi sahifangiz orqali bog‘lanamiz.

Pul yutug‘i plastik kartangizga o‘tkazib beriladi. Tanlovda ishtirok eting va karantinni foydali o‘tkazing.

Unutmang! Koronavirus tarqalishining oldini olishda karantindan yaxshiroq chora yo‘q.

Mavzuga oid