Davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini muvofiqlaştiriş böyiça davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi ötkaziladigan binolar röyxati tasdiqlandi. Bu haqida Bilim va malakalarni baholaş agentligi xabar berdi.

Unga köra 2023-2024 öquv yili uçun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qiliş böyiça test sinovlari katta siğimli binolarda ötkaziladi.

Bunda test sinovlarini ötkaziş uçun 92 ta bino tanlab olingan bölib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida iştirok etişi mumkin böladi.

«Binolar Bilimni baholaş agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelişilgan holda tanlab olingan. Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan holda test sinovlari ötkaziladigan binolar röyxatiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş vakolati berilgan bölib, binolar röyxatida özgarişlar bölişi mumkin», deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib ötamiz, qabulda 1 mln 260 ming abituriyent hujjat topşirişi kutilyapti.