Özbekistonda vazirlarning raqamlaştiriş va xususiylaştiriş masalalari böyiça örinbosarlari böladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori Akmalxon Ortiqov ma’lum qildi.

Unga köra, prezident 17 oktyabr kuni bölib ötgan yiğilişda xususiylaştiriş sohasidagi aniq vazifalar va ularni hal etiş mexanizmlarini belgilab bergan.

«2025 yilda ham xususiylaştiriş işlarini jadallaştiriş topşirildi. Buning barça mexanizmlari, qanday amalga oşiriş kerakligi böyiça aniq vazifa va yeçimlarni prezident belgilab berdi. Aytdilarki, 2025 yil barça sohada xususiy sektorni jalb qiliş yili böladi… Prezident raqamlaştiriş va xususiylaştiriş masalalari böyiça örinbosar darajasidagi rahbarni tayinlaş töğrisida körsatma berdi», — dedi Akmalxon Ortiqov.

Unga köra, Şavkat Mirziyoyev 2025 yilda davlat korxonalari, vazirlik va idoralar oldiga xususiy sektorni jalb etiş, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini joriy etiş, keraksiz obektlarni sotiş böyiça vazifalar qöygan.

Davaktiv rahbari davlat korxonalarini xususiylaştiriş va böş yerlarni auksion orqali sotiş böyiça 2025 yilga möljallangan yangi dasturni tayyorlaş rejalaştirilganini aytdi.