Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘da qurilayotgan mehmonxona qachon ishga tushirilishi ma'lum qilindi
15 dekabr kuni hukumat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning “H.I.S. Holdings” kompaniyasi boshqaruvi raisi va prezidenti Xideo Savada bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida kompaniyaning O‘zbekistondagi investitsiyaviy faoliyati muhokama qilindi. Loyihalarni, xususan, Toshkent shahrida Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘i hududida mehmonxona majmuasini qurish loyihasini amalga oshirishda sezilarli yutuqlarga erishilgani ta'kidlandi. Mehmonxona 2021 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.

Turistik oqimlarni jalb qilish va turistik obektlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradigan innovatsion texnologiyalar joriy etilgan tegishli infratuzilmani yaratish bo‘yicha kompaniyaning ulkan tajribasini hisobga olgan holda, tomonlar Samarqand va Buxoro shaharlarida mehmonxonalar qurish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini ham ko‘rib chiqdi.

Kompaniyaning moliya sektorini rivojlantirishdagi ishtiroki, xususan, O‘zbekiston banklaridan birining aksiyalarini sotib olish tashabbusi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun keyingi harakatlarni belgilab, investitsiya kiritishning turli mexanizmlarini ko‘rib chiqdi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026