Tadbir bilan bir vaqtda Özbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan «Stokgolm +50» xalqaro uçraşuvlari doirasida xalqaro va mahalliy hamkorlar bilan birinçi milliy maslahatlaşuv ham ötkazildi. Uşbu uçraşuvda davlat idoralari vakillari, xalqaro ekspertlar, jamoatçilik guruhlari a’zolari hamda yoşlar Özbekistondagi mavjud ekologik muammolarni xalqaro miqyosga olib çiqiş, tabiat, uning resurslarini asrab-avaylaş böyiça erişgan muvaffaqiyatlari hamda davlat çora-tadbirlarini özaro muhokama qilişdi.

Matilda Dimovska, BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi doimiy vakili:
«Biz yaşil ösiş strategik asoslarini işlab çiqişda hamkorlik qilişga va ğoyalarni qöllab-quvvatlaşga doim tayyormiz. Ekologiya va atrof-muhit masalalariga bağişlangan milliy maslahatlaşuvlar ğoyalarni şakllantiriş, bilimlarni töplaş va ularni özaro almaşiş orqali «yaşil» iqtisodiyotga ötişga hissa qöşiş uçun möljallangan «Green Hub» işga tuşirilişi bilan bir vaqtga töğri kelganidan mamnunmiz. Milliy maslahatlaşuvlar «Stokgolm+50» xalqaro uçraşuvlari doirasidagi dastlabki milliy konsultatsiyaga mana şunday asos solinganidan juda mamnunmiz».


Ma’lumot örnida: BMT boş assambleyasi joriy yilning 2-3 iyun kunlari Stokgolmda Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qiliş kuni oldidan «Stokgolm+50: umumjahon farovonlik uçun soğlom sayyora – bizning mas’uliyat, bizning imkoniyatimiz» nomi ostidagi xalqaro uçraşuvlarni ötkazmoqda. Uşbu keng qamrovli anjuman bundan ellik yil avval - 1972 yilda ötkazilgan Stokgolm anjumanining ramziy ma’nodagi davomi bölib, unda butunjahon atrof-muhit muammolari, tabiiy resurslarni asrab-avaylaş masalalari, jumladan, koronavirus pandemiyasidan söng mustahkam tiklaniş uçun barqaror rivojlanişning ekologik jihatlari muhokama qilinadi.














