Sönggi 10 yilda respublikada olti marotaba 6-8 balli zilzila sodir bölgan. Iqtisodiy zarar 84 mlrd sömni taşkil etgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar, Quriliş vazirliklari, Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti va boşqa mas’ul taşkilotlar vakillari iştirokidagi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, Özbekiston geologik joylaşuviga köra, Örta Yer dengizi - Osiyo seysmik kamarida joylaşgan. Şu boisdan, respublika va unga çegaradoş hududlarda tez-tez zilzilalar sodir bölib turişi tabiiy hol sanaladi.
Mamlakat hududlarida 1900 yildan şu kunga qadar 60 dan ortiq kuçli va halokatli (magnitudasi 5 dan yuqori bölgan) zilzilalar sodir bölgan.
Sönggi 10 yil mobaynida esa respublikada jami olti marotaba 6-8 balli zilzilalar sodir bölgan, natijada qurbonlar soni 16 kişini, jabrlanganlar soni 54 kişini, iqtisodiy zarar esa 84 mlrd sömni taşkil etgan.
Ulardan eng kuçlilari: Kon zilzilasi - 2011 yil (8 ball), Tuyaböğiz zilzilasi - 2013 yil (7 ball), Marjonbuloq zilzilasi - 2013 yil (8 ball), Kitob va Baxmal zilzilalari - 2016-2017 yillar (7 ball), Boysun zilzilasi – 2022 yil (6 ball).
Bildirilişiça, Seysmoprognostik monitoring respublika markazi tomonidan Özbekiston va unga çegaradoş hududlarda 2023 yil 1 yanvardan bugungi kungaça magnitudasi (M= 2.8-6.8) bölgan 250 dan ortiq zilzila qayd etildi.

















