Sobiq hakam hisoblangan Davron Şoqurbonov 2019 yil 17 iyun kuni PFL direktori etib tayinlangan va oldinroq işdan ketkazilgan Omon Ğofurov örnini egallagandi. 47 yoşli Şoqurbonov PFL rahbari bölişdan avval «Bunyodkor» klubida rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.
Ma'lumot uçun, PFL respublika doirasidagi futbol musobaqalarining taşkilotçisi hisoblanadi. Hozirça taşkilotning yangi rahbari kim bölişi haqida ma'lumot yöq. Öz navbatida, Özbekistonda futbol bahslari, jumladan çempionat öyinlari qaçon tiklanişi haqida ham heç qanday ma'lumot mavjud emas.













