“Men tuman hokimlaridan sörayman: qişloq xöjaligi bilan neça foiz şuğullanyapsan? 10 foiz, deb javob berişadi. Qolgan 90 foiz nima bilan şuğullanyapsan, degan savolga javob yöq. Bizda quyi böğinda muammolar boşlanadi. Hokimlar öqimaydi, bilasizlarmi, bizning eng katta muammomiz şu.

Men taşkil qilayotgan yangi tizimda hamma masala mahallada hal qilinadi. Hokimiyatlardagi byurokratiya yöqoladi. Endi mahalliy budjet mahallada böladi. Bundan 5 yil avval viloyatda, tumanlarda mahalliy budjet böladi, deyilganda heç kim işonmagandi. Mana, böldi-ku, qilsa bölar ekan-ku. Hozir birgina Samarqand viloyatida 570 mlrd söm mahalliy budjet şakllangan. Hokimning qölida puli bölsa, qöli uzun böladi, yöl quradi, maktab, şifoxona barpo qiladi, kam ta'minlanganga yordam beradi. 

Tuman investitsiya sohasi rahbarlari tadbirkorlar olib borgan loyihalarni Toşkentga olib borib taqdim qiladi. Notöğri bu. Bir vaqtlar bu özini oqlagan bölişi mumkin, lekin bunday işlaş endi bölmaydi. 

Şuning uçun, tuman hokimining investitsiyalar va taşqi savdo masalalari böyiça örinbosari qoşida istiqbolli loyihalarni işlab çiquvçi “Loyiha guruhi” va kiçik geologiya ekspeditsiyasi taşkil qilinadi.

Tahlillar natijalaridan kelib çiqib, “Loyiha guruhi” tomonidan loyihalar tayyorlanadi hamda uşbu tumanning tadbirkorlari iştirokida taşkil qilinadigan “Holding kompaniyasi” tomonidan amalga oşirilişi ta'minlanadi.

Bunda, Töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi mazkur loyihalarning 30 foizigaça qismini moliyalaştiradi. Mana tadbirkorlar uçun qança imkoniyat", dedi Şavkat Mirziyoyev.