KUN.UZ tahririyati kelayotgan taklif va savollarga asoslangan holda qonunçilikka oid eng köp beriladigan savollarga töxtalib ötadi.

Özbekiston Respublikasining Oila kodeksi 23-moddasiga asosan er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, şuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bölajak er-xotinning umumiy mablağlari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh şartnomasida boşqaça hol körsatilmagan bölsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Şuningdek, er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, şuningdek, maxsus maqsadga möljallanmagan boşqa pul tölovlari (moddiy yordam summasi, mayib böliş yoki salomatligiga boşqaça zarar yetkaziş oqibatida mehnat qobiliyatini yöqotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplaş tarzida tölangan summalar va boşqalar) kiradi.

Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan köçar va köçmas aşyolar, qimmatli qoğozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boşqa tijorat taşkilotlariga kiritilgan kapitaldagi uluşlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boşqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylaştirilgan yoxud pul mablağlari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bölişidan qat'i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi. Xususan, er va xotindan biri uy-rözğor işlarini yuritiş, bolalarni parvariş qiliş bilan band bölgan yoki boşqa uzrli sabablarga köra mustaqil iş haqi va boşqa daromadga ega bölmagan taqdirda ham er va xotin umumiy mol-mulkka nisbatan teng huquqqa ega böladi.