Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimovning joriy yil 22 sentabrda imzolangan qaroriga köra, endilikda viloyat, tuman, şahar hokimliklari mansabdor şaxslarining hokimlik balansida bölgan davlat xizmat avtomaşinalarini boşqarişi taqiqlanişi haqida xabar berilgan edi.

Internet tarmoğida Samarqand viloyati rahbarining uşbu qarori birmunça munozaralarni keltirib çiqargan, turli taxminlar yuzaga kelişiga sabab bölgan edi.

Xabarda hokimliklar xizmat avtomaşinalarini haydovçi örniga mansabdor şaxslarning boşqarişi oqibatida turli xil yöl-transport hodisalari sodir etilgani, yöl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik holatlari şunday qaror qabul qilinişiga sabab bölgani qayd etilgandi.

Xabarda bundan buyon hokimlik xizmat avtotransport vositalarini faqat biriktirilgan haydovçilar boşqarişi ta'kidlangandi.

Samarqand viloyat hokimining bunday qarorga kelişiga qaysi voqea sabab bölganligi ma'lum böldi.

«Kun.uz» suriştiruvi natijasida Kattaqörğon şahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalarini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari (1982 yilda tuğilgan) Nodir Xuşvaqtov 2018 yil 29 avgust kuni tungi soat 23:30 atrofida öziga biriktirilgan, davlat raqami 30 425 SAA bölgan «Chevrolet Nexia» rusumli avtomaşinada avtohalokatga uçrab, şifoxonada hayotdan köz yumgan.

Marhumning otasi, keksa pedagog Hamidulla Xuşvaqtovning muxbirga ma'lum qilişiça, joriy yil boşida öğli Nodir Xuşvaqtov spirtli içimlik içib maşina boşqargani uçun haydovçilik guvohnomasidan 1 yilga mahrum etilgan bölgan. 2018 yilning 24 avgustida Kattaqörğon şahar hokimi örinbosari lavozimiga tayinlangan va unga xizmat maşinasi ajratilgan.

Otasining sözlab berişiça, öşa maş'um kunda tunda uni zudlik bilan işxonasiga çaqirib qolişadi. U özi istiqomat qiluvçi Alijon qişloğidan Kattaqörğon şahriga tezroq yetib oliş maqsadida teskari yönalişda harakatlanadi va YPX avtomaşinasiga duç kelib, özi istiqomat qiladigan qişloq yöli böylab qoçadi hamda qariyb 5 km yöl bosgaç, maşinani boşqara olmasdan, avtohalokatga uçraydi. H.Xuşvaqtovning aytişiça, YPX xodimlari öğlini quvmaganida öğli maşinani boşqarib, 5 km içkari yöl böylab haydamagan bölardi. Ota, öğlini YPX xodimlari ta'qib etayotganini körgan guvohlar borligini iddao qiladi.