Uzoq muddat davom etgan quruq va nisbatan iliq ob-havodan söng, 11-12 oktyabr kunlari Özbekiston hududiga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib keldi.
Barça joylarda yomğir yoğdi, ayrim joylarda kuçli böldi, toğli hududlarda qorga aylandi. Ba’zi joylarda şamol tezligi kuçayişi kuzatildi. Havo keskin sovuqlaşdi.
"Özgidromet" xabariga köra, bugun ertalab deyarli barça joylarda yoğingarçilik töxtadi va kun davomida respublika hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat Farğona vodiysida ba’zi joylarda yomğir yoğadi, respublikaning toğli hududlarida yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.
Yoğingarçiliksiz ob-havo dam oliş kunlari ham saqlanib turadi. Keçasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin.
Bugun kunduzi havo harorati +10...+15 daraja iliq atrofida böladi. Şanba va yakşanba kunlari keçasi va ertalab harorat +3...+6 daraja iliqqaça pasayadi, kunduzi havo asta-sekin iliqlaşadi va yakşanba kuni kunduzi havo +17...+20 darajagaça isiydi.
Poytaxtda havo özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi, 14-15 oktyabrda keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Ğarbiy şamol yönalişini özgartirib, şarqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat 13 oktyabrda +10...+12 daraja, 14 oktyabrda keçasi +4...+6 daraja, kunduzi +14...+16 daraja, 15 oktyabrda keçasi +5...+7 daraja, kunduzi +17...+19 daraja böladi.

















