18 fevral, seşanba kuni Saudiya Arabistonida AQŞ va Rossiya vakillarining Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralari bölib ötadi. Bu haqda Amerikaning Axios portali 17 fevral, duşanbaga ötar keçasi manbalarga tayanib xabar berdi.
Rossiya va AQŞ delegatsiyalarining tarkibi
Axios manbalariga köra, AQŞ delegatsiyasi tarkibiga davlat kotibi Marko Rubio, Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Mayk Uolts va Donald Trampning Yaqin Şarq böyiça maxsus vakili Stiv Uitkoff kiradi. U yakşanba kuni Fox News telekanalida Uolts bilan 16 fevral kuni keçqurun Saudiya Arabistoniga borişini aytdi. Rubio u yerga 17 fevral kuni Isroilga taşrifidan söng keladi, deb yozadi Axios.
Rossiya delegatsiyasining aniq tarkibi ma’lum emas. Katta ehtimol bilan uning tarkibiga taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov ham kiradi, deb hisoblaydi Axios. Bloomberg agentligiga köra, u yerda Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov va Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin ham böladi. Bundan taşqari, muzokaralarni Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi rahbari, AQŞda tahsil olgan va işlagan Kirill Dmitriyev boşqarmoqda.
«Kommersant» gazetasi ham 16 fevral kuni manbalarga tayanib, muzokaralar seşanba kuni Saudiya Arabistonida bölib ötişi haqida xabar berdi. Naşr aniq manzilni ham keltirgan: Ar-Riyod.
Ukraina muzokaralarda iştirok etadimi?
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 fevral kuni Kiyev Saudiya Arabistonidagi uçraşuvga taklifnoma olmaganini aytdi. Tramp bir kun ötib Ukraina rahbari uruşni tugatiş böyiça muzokaralarda iştirok etişini aytdi. Uitkoff ham xuddi şunday dedi. Rubio CBS telekanaliga bergan intervyusida har qanday «haqiqiy muzokaralar»da Ukraina ham, Yevropa davlatlari ham iştirok etişini aytdi.
Zelenskiyning özi rasmiy taşrif bilan Birlaşgan Arab Amirliklariga 16 fevral kuni keçqurun yetib keldi. FlightAware ma’lumotlariga köra, yakşanba kuni Ukraina prezidentining samolyoti Myunxendan Polşaning Jyeşuv-Yasyonka aeroportiga, söngra Abu-Dabiga uçgan. U yerdan Ar-Riyodga parvoz ikki soatni taşkil etadi.













