Suriştiruvda aniqlanişiça, Isroilning NSO Group kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan Pegasus dasturi orqali maxsus xizmatlar telefonlarni egasiga sezdirmay kuzatgan. Bu korxona 2010 yil Tel-Avivda taşkil etilgan va 2016 yildan boşlab dunyodagi maxsus xizmatlarga dasturlar taqdim etib kelişi ma'lum.

Parijdagi Forbidden Stories notijoriy taşkiloti Amnesty International bilan birgalikda 50 mingga yaqin telefon raqamlari ular ulangan telefon apparatini buzib kiriş uçun Isroil kompaniyasiga buyurtma körinişida yuborilganini aniqlagan. Bu telefonlarning qançasi buzib kirilgani aniq emas, lekin jurnalistlar raqamlarning mingga yaqini kimga tegişli ekanini aniqlaşga muvaffaq bölgan.

Röyxatda 65 nafar top-menejyer, 85 nafar huquq faoli, 189 jurnalist, 600dan ortiq siyosatçi va mansabdorlar, vazirlar, arab davlatlaridagi qirollik oilasi vakillari, advokatlar, işlab çiqaruvçilar bölgan.

Çöntakdagi ayğoqçi

Toronto universitetiga qaraşli Citizen Lab taşkiloti ilmiy xodimi Bill Marşak öz «ayfon»i buzib kirilganini birinçi bölib sezib qolgan. Çunki u faqat özida mavjud ma'lumot sizib çiqqanini bilib qolgan. VVS bilan suhbatda Marşak bu haqda aytib berdi.

«NSO Group özi işlab çiqqan Pegasus dasturini önlab mamlakatlarga taqdim etadi. Bilsangiz, avval «ayfon» foydalanuvçilari telefonlarini buzib kirişlari uçun ularga yuborilgan virus havolaga kirişlari kerak bölgan. Bu dastur bilan esa buning hojati ham yöq. Heç narsa qilmasangiz va telefoningiz şunçaki stolda yotganida ham buzib kirilgan bölişi mumkin. Bunday bezbetlikka çek qöyiş, Isroil hukumati va mudofaa vazirligi bu kompaniyani yiğiştirib olişi kerak. Umid qilamanki, oşkoralik bunga erişişga yordam beradi», deydi Bill Markaş.

Qiziği, Isroil kompaniyasi bunday dasturi mavjud ekanini yaşirmayapti ham. Uning iddaosiga köra, dastur faqat inson huquqlarini hurmat qiladigan davlatlarning maxsus xizmatlariga taqdim etiladi va dastur terrorizmga qarşi kuraş uçun işlab çiqarilgan.

«NSO Group öz texnikalarini faqat işonçli hukumatlarning huquqni muhofaza qiluvçi organlari va razvedka taşkilotlariga sotadi. Biz faqat sodir bölişi kutilayotgan teraktlarning oldini oliş va inson hayotini saqlab qoliş maqsad qilingan holatlarda texnikalarimizni sotamiz», deyilgan Isroil kompaniyasi bayonotida.

Isroil mudofaa vazirligi ham holatga munosabat bildirgan. «Agar litsenziya tartibi buzilsa, yoki sotib olgan davlat tomonidan qandaydir notöğri amal kuzatilsa, biz kerakli çorani köramiz», deyilgan vazirlik bayonotida. Unda vazirlik NSO Group mijozlari egalik qilayotgan ma'lumotlarni qölga kiritiş imkoni yöqligi aytilgan. Mamlakat mudofaa vaziri Beni Gans Isroil kiberxavfsizlik böyiça texnika eksportiga faqat terrorizmga qarşi kuraş doirasida ruxsat berişini, Pegasus bilan boğliq holat örganilayotganini aytgan.